Описание книги
Insondan nima qoladi? Solih farzandlar, shogirdlar, ezgu ishlar, uni bilgan, safdosh, davradosh sifatida shirin suhbatidan bahramand bo'lgan do'st-qadrdonlar qalbidagi unutilmas xotiralar. Ayriliq yuraklarni o'rtab, g'am-anduh soyasini tashlasa-da, bosh harflar bilan yoziladigan insonlar yodi ko'nglingizga birmuncha taskinlik baxsh etadi. Chunki, shunday ajoyib odam bilan ko'p yillar davradosh bo'lib, uning olam qadar keng yuragidagi tuyg'ularini, ko'ngil kechinmalarini his etgansiz. O'rta Osiyo Davlat universiteti – hozirgi O'zekiston Milliy Universitetini tugatib, butun ongli hayotini tarixni anglashga, ma'naviyat targ'ibotiga baxshida etgan, uzoq yillar «Bilim» jamiyatida mas'ul vazifada faoliyat ko'rsatgan, O'zbekiston televideniesining «Olamda nima gap?» va boshqa ko'rsatuvlarida sharhlovchi sifatida elga tanilgan Jumaboy Mo'minovning hayot yo'li ibratlidir. Esdaliklarda aynan shu jihat o'z ifodasini topgan.