Описание книги
Inson yozuvi bizga nimalar haqida ma'lumot beradi? Yozuv egasining «sir-asror»larini qanday darajada fosh qiladi? Inson fe'l-atvorini uning yozuviga qarab aniqlasa bo'ladimi? Bu borada qanday tahlillar mavjud? O'zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu kitobni mutolaa qilayotib batafsilroq javob olasiz. Shuningdek, grafologiya sohasiga oid bilimlaringiz mustahkamlanib borishi-da shubhasiz. Kitob yordamida o'zingizning, do'stlaringizning, hamkorlaringizning yozuvini tahlil qilishingiz mumkin. Bu tahlil juda foydali ekanligini unutmang. Chunki ular insonning yashirin va oshkor, siz uchun juda muhim bo'lgan fe'l-atvoridan «so'zlaydi».