Описание книги
Mazkur monografiyada baxshichilik va dostonchilik tarixi, uning ma'naviy asoslari, milliy qadriyatlarimiz borasidagi o'rni, tarixiy ahamiyati, baxshichilik maktablarining dolzarbligi, sovet hukmronligi davridagi mafkuraviy siyosat ta'sirida dostonchilik va baxshichilikning kamsitilishi, mustaqillik yillarida baxshichilik va dostonchilik sohasida erishilgan ma'naviy-milliy yutuqlar kabi masalalar keng qamrovli tarzda ochib berilgan. Monografiya baxshichilik va dostonchilik bo'yicha izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, ilmiy jamoatchilikka, baxshichilik va dostonchilikka qiziquvchi baxshilarga, shoir, yozuvchilarga, keng kitobxonlar ommasiga, talabalarga, professor-o'qituvchilarga mo'ljallab tayyorlangan. Shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ma'naviy merosni o'rganish, qayta tiklash, urf-odatlar, an'analar va qadriyatlar bo'yicha tashkil etilayotgan ommaviy xalq bayramlari, marosimlari, xalq o'yinlarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.