Mehrobdan chayon

Реклама. ООО «ЛитРес», ИНН: 7719571260.
Оглавление
Группа авторов. Mehrobdan chayon
Ro‘monning mavzusi to‘g‘risida
1. RA’NONING EGASI
2. AMIR UMARXONNING KANIZI
3. MAXDUMNING UYLANISHI VA MAKTABDORLIG‘I
4. MAXDUMNING BA’ZI XISLATLARI
5. OILA VA KISHILAR BILAN MUOMALA
6. NIGORXONIM
7. RA’NO
8. BIR O‘RDALIQ
9. O‘PKA VA HAZIL
10. XAYRIXOH BIR ODAM
11. MAHDUMNING TAHDIDI
12. BAXMALBOFDA FAQIR BIR OILA
13. TANIYSANMI, SHU JAJJI QIZNI?
14. CHIN O‘RTOQ
15. MAXDUMNING BAXTI
16. XONNING ILTIFOTI
17. ANVARNING ANDISHASI
18. JILOVXONADA BIR JANJAL
19. IFLOS BIR MOZIY
20. HUSHYORLIQ
21. YORLIG‘ BERISH MAROSIMI
22. ADRAS TO‘N VA ISSIG‘ NON «FOJIASI»
23. KITOB SO‘ZI
24. SHOIRNING SIRRI
25. HAYOT SHAM’I
26. NEGA YERGA QARAYSAN, RA’NO?
27. ZULM O‘CHOG‘I
28. HARAM
29. OG‘ACHA OYIM
30. XONIM OYIMLAR
31. QIRQ QIZLAR
32. NOZIK
33. YANGI “HUNAR”
34. XAYRUL-UMURI AVSATUHO
35. XON KO‘NGIL OCHMOQCHI
36. QIZIQLAR
37. BIRIKISH
38. G‘ARIB KO‘NGLI
39. BISHUY, EY XIRADMAND…
40. ALDASH UCHUN BOLA YAXSHI
41. CHAQANGIZ SIYQA EMASMI?
42. QUV ODAM EKAN
43. CHO‘LOQ QUSH
44. QOP YO‘QOTDING‘IZMI?
45. «FOTIHA – MUHRI XUDODIR»
46. YIGIT!
47. OCHIQ XAT
48. TO‘Y ARAFASIDA
49. RAMZ
50. MA’SHUQA MAHBASI275
51. JASUR QIZ
52. DO‘STLIQ «KAROMATI»
53. CHAYONNING NAMOYISHI
54. IKKI XIL SADOQAT
55. BARIMTA
56. XAYR ENDI, RA’NO!
57. QO‘RQUNCH BIR JASORAT
Mirzo Anvarning keyingi hayoti to‘g‘risida
Отрывок из книги
Turkiston feodallarining keyingi vakili bo‘lg‘an Xudoyorning o‘z xohishi yo‘lida dehqon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi ro‘monning mavzui’dir. Xudoyorning bu yo‘ldag‘i birinchi istinodgohi bo‘lg‘an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg‘ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig‘dirg‘an qadar bayon qilinadir. Bular ro‘monning nomarg‘ub – manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi “tuban” sinf – kambag‘allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch – ulamo alayhiga chiqishi. Mehnatkash kambag‘allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati.
Albatta, men bu so‘ngg‘i marg‘ub qahramonlarni o‘zbek tarixining hazmi ko‘targan qadar o‘z holicha olishqa tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi izyoni tabi’iy– shar’iydir. Chunki shundan ortig‘i soxta bo‘lishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etno‘g‘rafiy lavhalar, o‘zbek hayoti, qiziqchilig‘i, tanqidchilig‘i, o‘zbek xotin-qizlari orasidag‘i iste’dod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana ko‘b nuqtalarni qamrab olindi.
.....
– Meni kimga berar emishlar?
– Senimi? – dedi kulib Anvar, – seni xondan boshqa kim olsin?
.....