Описание книги
"Darslikda O'zbekistonda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlash-tirish, daraxt, buta va manzarali o'simliklarni alohida obyektlar uchun tanlash uslublari keltirilgan. Bundan tashqari, ko'kalamzorlashtirish tarixi, daraxtzorlarning mikroiqlimga ta'siri, rejalashtirish turlari, har xil ranglar kompozisiyasidan foydalanish, daraxtlarni me'yorlashtirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Har xil obyektlar: istirohat bog'lari, o'rmon parklar, ko'cha, kasalxona, maktab, bolalar bog'chasi, yo'llar, sanoat korxonalari xududini ko'kalamzorlashtirish bilan bog'liq kompleks masalalar yoritilgan. Shu bilan birga ko'kalamzorlashtirishda ishlatiladigan daraxt va buta turlariga ta'rif berilgan. Xududni texnologik tayyorlash, ekilgan ko'chatlarni parvarishlash agrotexnik ishlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Darslik oliy ta'limning o'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish va landshaftli qurilish bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan."