Описание книги
1941 yilning iyun oyida hukumat ekspedisiyasi tomonidan Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida dafn etilgan Sohibqiron Amir Temur, Mironshoh Mirzo, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug'bek, Muhammad Sulton va Bibixonim maqbarasidagi Biixonimning dahmalari ochilgan edi. Fashist bosqinchilari sobiq ittifoq hududiga bostirib kirishi tufayli ekspedisiyaning natijalari to'laligicha yoritilmay qolib ketdi. Bu haqida esa o'zbek tilida birorta ham maqola e'lon qilinmadi. Kitob muallifi mazkur ekspedisiyaning barcha ilmiy ma'lumotlarini va arxiv hujjatlarini chuqur tahlil qilib, Temuriylarning dafn marosimlari, jasad qoldiqlari, qabrtoshlardagi yozuvlar hamda maqbara haqida birinchi marta o'zbek tilida qiziqarli tarzda bayon qilgan. Asar Temuriylar tarixiga qiziqadigan olimlar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.