Описание книги
Monografiya shaxs o'zini o'zi nazorat qilishning yosh va individual xususiyatlariga doir nazariy va amaliy bilimlar majmuasini o'zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, monografiyada o'zini o'zi anglash psixologik fenomen sifatida sharq allomalarining qarashlari, o'zini o'zi nazorat qilish muammosini xorij va o'zbek psixologlarining tadqiqotlarining tahlillari keltirib o'tiladi. Ayniqsa, o'smirlik davrida o'zini o'zi nazorat qilish tizimining namoyon bo'lishi, uning irodaviy sifatlar, shaxsning individual psixologik xususiyatlari bilan aloqadorligi masalalari maxsus eksperimental tadqiqotlar asosida o'rganilib, asosli fikrlar qayd etilgan. Muhimi o'smirlik davrida o'zini o'zi nazorat qilishning shakllanishiga ta'sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarning o'rni asoslanishi bilan birga uning ahamiyatli jihatlari psixodiagnostik tekshiruvlar asosida izohlab berilgan.