Описание книги
Mumtoz adabiyotimizda hali ma'lum bo'lmagan nomlar, o'rganilmagan qo'lyozma asarlar talaygina. Mustabid tuzum davrida izdihomlardan saqlab qolingan devonlar, ijodiy meros namunalari mustaqillik yillarida yuzaga chiqa boshladi. Qashqadaryoda XIX asrning ikkinchi yarmi – HH asr boshi adabiy manbalari izlab topildi, qo'lyozmalar nashr etildi. Endilikda o'zbek adabiyoti tarixi xazinasi Hayoliy, Hofiz Ro'ziboy Mashrabi Soniy, Mahzun Shahrisabziy, Botirxo'ja Holis, Mir Sharif Qamashigiy singari shoirlar adabiy merosi bilan boyidi. Tadqiqotchi Olim Ravshanov qariyb chorak asrdan buyon voha adabiy hayoti manbalarini o'rganish, badiiyat, tabdil, matniy tahlil masalalari bilan shug'ullanib keladi. Bu sohada qator maqolalari va risola, monografiyalari nashr etildi. «Qashqadaryo vohasi adabiy manbalari» shu yo'nalishdagi navbatdagi asar hisoblanadi. Kitob mumtoz adabiyot ixlosmandlariga, ilmiy xodimlarga, talaba-yoshlarga mo'ljallangan.