Описание книги
Ushbu darslikda oliy o'quv yurtlari talabalarining jismoniy madaniyat jarayonlari hisoblangan jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining maqsad va vazifalari, ularni tashkil etish jarayonlari, vositalari va uslublari, qonuniyatlari keng yoritib berilgan. Shuningdek darslikda talaba yoshlarni jismoniy tarbiya va sport sog'lomlashtirish tadbirlariga jalb etish, ularni mustaqil mashg'ulotlarda ishtirok etishini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. Talaba yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ibot va tashviqot qilish masalalari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarliklarida jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining ahamiyati batafsil tahlil etilgan. Talaba sportini rivojlantirish, talabalarni bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish, etuk mutaxassilar tayyorlashda jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining ahamiyatiga alohida to'xtab o'tilgan.