Описание книги
Har ikkala taniqli mutaxassisning hamkorlikda yaratgan ushbu risolasida «Buxoro Shashmaqom»i «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlarining tarixi va qadim ijrochilari haqida bir-biridan qiziqarli ma'lumotlar berilishi bilan bir qatorda, musiqaning shifobaxshlik xususiyati to'g'risida asosli dalillar vositasida maroqli hikoya qilingan. Shuningdek, billuriy ovoziyu jarangdor sozi bilan dunyoga dong taratgan buyuk hofizimiz Komiljon Otaniyozov hayotiga taalluqli ibratli hikoyalarning kiritilganligi ham, albatta, kitobxonni mamnun etishiga ishonamiz.