Описание книги
Ushbu qo'llanmada zardushtiylikda g'oyaviy yakka xudolik bilan amaldagi ko'p xudolik munosabatlarining tarixiy ildizlari jins e'tibori bilan ayollikka mansub yazadlar turkumi asosida atroflicha tahlil etilgan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesta» diniy tizimining ma'budalari Zam, Spenta Armaitiy, Ardvi Sura, Ashi, Chisti, Daena va boshqalarning genezisi, vazifalariga ko'ra tahlili hamda ijtimoiy, iqtisodiy-ma'naviy hayotda ularga munosabat masalalari keng ko'lamda ko'rsatib berilgan. Taqdim etilayotgan ushbu qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talaba yoshlari hamda shu mavzuga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.