Описание книги
Ushbu monografiyada ta'lim falsafasi tushunchasining mazmunmohiyati, ta'lim falsafasining pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi sifatidagi ahamiyati va roli, Prezidentimiz Islom Karimovning ta'lim falsafasi rivojiga qo'shayotgan ulkan hissasi, u yaratgan ta'lim-tarbiya yangi tizimning mohiyati, Yurtboshimiz falsafiy jihatdan asoslab bergan O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotining pedagogik muammolari va ularni hal etish yo'llari haqidagi g'oyalari hamda yosh avlodni aqliy, ma'naviy, axloqiy, huquqiy, mafkuraviy, iqtisodiy, jismoniy tarbiyalashga oid yangicha metodologik yondashuvlari yoritilgan. Hozirgi globallashuv jarayonlari va modernizatsiyalashgan jamiyatda ta'lim-tarbiyaning o'rni, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotidagi o'zgarishlarning ta'lim-tarbiyada aks etishi masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.