Описание книги
Fahrimiz, iftihorimiz bo'lgan yurtdoshimiz ko'p. Ular balki chiroyli nutq so'zlashni, u er-bu erda o'zlarini ko'z-ko'z qilishni bilishmas, lekin o'z vazifalarini sidqidildan ado etishadi. Samimiyat, halollik ularga xos. Shu sabab ham bu foniy dunyodan o'tib ketishsa ham el-ulus ularni chuqur hurmat, e'zoz-e'tibor bilan yodga olishadi. Taniqli jurnalist Abdusattor Sodiqovning ushbu mo''jaz risolasi ham xuddi shunday fidoyi, ardoqli insonlar haqida, ularning urmboqiy ishlari haqida hikoya qiladi. Bu to'plam zukko o'quvchilarimizda katta qiziqish o'yg'otadi, deb umid qilamiz.