Описание книги
Darslik magistratura mutaxassisligi o'quv rejasining 1-umummetodologik fanlar bloki o'quv adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta'lim standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, fanning bilimning maxsus shakli sifatidagi o'ziga xos xususiyati, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg'unligi, innovatsiya va novatsiyalarning o'zaro aloqadorligi, metodologik yondashuvlar hamda olimning ijtimoiy mas'uliyati masalalarining nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Zero, bugungi kunda insonning o'zi va dunyoni tushunishida, ilmiy faoliyatdagi ziddiyatlarning yechimini topishda va global muammolarni hal qilishda olimning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish zarurligining ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Darslik barcha oliy o'quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug'ullanuvchi stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan.