Описание книги
"Qo'llanma asosan ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, birinchi qismida vagonlar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning g'ildirak juftlari va buksalari, telejkalari va vagonosti generatorlari yuritmalari, avtostsepka uskunalari tuzilishiga ta'riflar berilgan. Yuk vagonlari, izotermik vagonlar hamda yo'lovchi vagonlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanmaning ikkinchi qismi konteynerlar, ularning vazifasi, turlari, tuzilishiga doir ma'lumotlarga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma sifatida temir yo'l transporti kollejining «Servisi» mutaxassisligi bo'yicha «Temir yo'l transporti vositalariga servisli xizmat ko'rsatish bo'yicha texnik» kasbiga o'qitilayotgan o'quvchilar hamda yosh mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, shuningdek vagon qurish zavodi va deposi ishchi-xodimlari, vagon tekshiruvchilari, chilangarlar, vagon kuzatuvchilari hamda vagonlardan foydalanish va ularning ta'miri bilan bog'liq temir yo'lchilarga amaliy qo'llanma sifatida foydali bo'lishi mumkin."