Читать книгу «Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya - Salim Madraximovich Otajonov - Страница 4
I-BOB. TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYoNLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV FAOLIYaTI MEHANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI
1.1.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari
ОглавлениеJahon hamjamiyatining asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda o’qituvchining dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda. Bu esa umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalari qo’yilmoqda va bu vazifalarni ijrosini tahminlash hukumatning mehyoriy-huquqiy hujjatlarida o’z aksini tongan /44—49/.
Jumladan, umumiy o’rta Ta’lim maktablarida texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti qoshidagi ta’lim instituti (Angliya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), Moskva davlat universiteti boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazida olib borilmoqda.
Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontekistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda. SHuningdek, mamlakatimizning oliy Ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy metodik markaz, O’zbyokiston).
Hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda jumladan, Moskva davlat universiteti qoshida boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi faoliyat ko’rsatyapti, mamlakatimizda esa oliy ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan.
Lyokin, hech bir mamlakatning ta’lim tizimida oliy mahlumot beruvchi rahbar hodim tayyorlovchi ta’lim muassasasi mavjud emas. Mo’tahassis hodimning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyati jarayonida jamoada shakllanib boradi. SHu bois so’ngi yillarda fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirish muammosini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan yuksak kasbiy salohiyat, pedagogik mahorat va insoniy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi. O’qituvchilarni malaka oshirish jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida bir qator ilmiy natijalar olingan /50—52/.
Yuqorida tahkidlab o’tganimizdek, ta’lim tizimida ham rahbarlar tayyorlaydigan oliy dargoh yo’q, natijada kechagi o’qituvchi bugun maktab direktori, keyinchalik esa tuman, shahar halq ta’limi bo’limi mudiri kabi lavozimlarni egallashi mumkin, lyokin unda faqatgina o’zidan oldingi ishlagan rahbarlar faoliyati bo’yicha tahsurotga ega bo’ladilar holos.
Bunday holatlarda malaka oshirish jarayonida o’qituvchining rahbarlik faoliyatini shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi, ayrim holatlarda fikrlash va dunyoqarashlarning o’zgarishi, tinglashni o’rganish, muammolarning mazmun-mohiyatini tushina bilishi, fikrlarga munosabat bildirishi, qaror qabul qilishdagi shahsiy munosabatlar mustahkamlanadi va ikkilanish holatlari chyokinadi.
Aslida o’qituvchining boshqaruv faoliyati dars jarayonida va mazko’r guruhga rahbarlik jarayonidan boshlanadi. Ushbu jarayonda o’qituvchining boshqaruv faoliyati yuzasidan dastlabki ko’nimalar shakllana boshlaydi.
Mahlumki, malaka oshirish tizimida fan o’qituvchisi – tinglovchi o’z mo’taxassisligi yo’nalishidan tashqari pedagogika, psixologiya, ijtimoiy-gumanitar va boshqaruv nazariyasiga oid fanlarni tinglaydi, hamda so’ngi yillarda fan va texnika yangiliklaridan habardor bo’ladi. SHu tariqa o’qituvchi fan o’qituvchisi va sinf rahbari sifatida mahlum darajada mahlumotlarga ega bo’ladi, shuningdek, tinglovchida o’qitishga bo’lgan mashuliyat va javobgarlik hissi ortadi. Bu esa o’qituvchining rahbarlik faoliyati kompetentligini yanada rivojlanishida asosiy omil sifatida hizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishni yahni texnologiya fani o’qituvchisining kompetentlilik darajasini yanada rivojlantirish masalalarini o’rganish va tahlil etish maqsad qilib olindi.
Ushbu muammoni yechimini aniqlashda fan o’qituvchisidan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning quyidagi ilmiy-metodik asoslarini bilishini taqazo etadi:
– zamonaviy bilimga ega o’qituvchi ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi unsurlarni bilishi va ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlay olishi;
– har bir fanga tegishli modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi;
– o’quvchilar bilim darajasini oshirish va ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada yuqori darajaga ko’tarishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi;
– o’qituvchining hususiy va kasbiy kompetentsiyalarini bilishi va uni dars jarayonida tadbiq etishni bilishi zarur.
Mazko’r muammolarni ijobiy yechimini topishda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda, dars jarayonini boshqarish faoliyati va kasbiy kompetentlilik darajasiga bog’liq. SHu bilan birga o’qituvchilardan o’z fanini bilish salohiyati, ijodkorligi va pedagogik mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligi darajasini yuqori bo’lishini bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan /53—55/.
Ushbu tadqiqotlar texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini shakllantirishning natijaviyligiga alohida ehtibor qaratilishi ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashishi, ta’limning sifati va samaradorligining uyg’unligini tahminlashi, ilmiy jihatdan kafolatlovchi asosiy takliflarni ishlab chiqish malakasiga ega bo’lishi, rahbar hodimlarni tayyorlashda fan o’qituvchisining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati va metodik qobiliyatini ehtiborga olish muhim omil sifatda ehtirof etiladi.