Читать книгу Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 5

2-bob. ARDUINO PROGRAMMALARI VA DRAYVERLARINI YUKLASH

Оглавление

Arduino platformasi bilan ishni boshlashdan oldin, Arduino va USB kabelning programmasini internetdan foydalanib yuklab olish zarur. Bu programmalar bepul yuklab olinadi. Pullik versiyalari ham mavjud.

2.1. IDE Arduino ishlash muhitini yuklab oling

Arduino-elektron konstruktor bo‘lib, professionallar va havaskorlarga elektron qurilmalarni tezda yaratish uchun qulay platforma. Platformani keng tarqalishiga sabab, uning programmalashtirish tilining qulayligi, arxitektura hamda programmalashtirish kodining ochiqligi. Programmalashtirsh programmatorsiz amalga oshiriladi.

Arduino platasi chiroyli ko‘k rangda. Arduino kichik shaxsiy kompyuter bo‘lib, virtual olamdan fizik olamga chiqib, muhit bilan ta’sirlashadi. Arduino bazasidagi qurilmalar turli xil datchiklar orqali tashqi muhitdan informatsiya oladi, shu bilan birga bajaruvchi qurilmalar bilan bajariladi.

Arduino asosidagi loyihalar mustaqil ishlaydi yoki kompyuterining programmasi bilan o‘zaro ta’sirlashadi.

O«quv qo‘llanmasida keng tarqalgan Arduino versiyalari (Nano, UNO, Mega) bilan tanishamiz.

Arduino UNO bir qator asosiy ishlab chiqilgan platalardan bo‘lib, (Mega, Nano va h.z.), ATmega328 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan. Uning asosiy yutuqlaridan biri, uning keng tarmoqlarni qo‘llab quvvatlashi hamda universalligidir.


2.1-rasm. Kompyuterlarning operatsion sistemalari


Arduino UNO 14 kirish va chiqish raqamli portlari mavjud bo‘lib, undan oltitasidan SHIM signallari olinadi Shu bilan birga oltita kirish analog portlari mavjud. 16 MGsli generator, USB port, ta’minlash manbasining uyasi (raz’yomi), tashlab yuborish knopkasi, ICSP raz’yomi mavjud.

Arduino bilan ishlash uchun IDE Arduino muhitini yuklab olinadi. Buning uchun Arduino.cc saytiga kirib Download ver 1.8.19. IDE Arduino programmasini yuklab oling.

Kompyuterdagi operatsion sistema aniqlashtiriladi. Ixtiyoriy brauzer orqali quyidagi adres qatorini kiriting:

UNO Arduino platsini USB kabel orqali kompyuterga ulang.


2.2. Drayverlarni o‘rnatish

Kompyuterga qanday operatsion sistema o‘rnatilishiga qarab, drayverlarni o‘rnatish usulini tanlang.

Quyida UNO Arduino platasiga drayverlarni o‘rnatish usuli va ssilkasi keltirilgan.

*Drayverov tanlash va o‘rnatishda etiborli bo‘ling

Windows uchun o‘rnatish

Windows operatsion sistemali kompyuterga drayverlarni o‘rnatish qo‘llanmasi

uchun qo‘yidagi ssilkaga kiriladi.

http://arduino.cc/en/Guide/Windows

Macintosh OS X uchun o‘rnatish

Mac OS uchun qo‘shimcha drayverlarni o‘rnatish talab etilmaydi. Qo‘yidagi ssilkaga kirib qo‘yish maqsadga muvofiq.

http://arduino.cc/en/Guide/MacOSX

Linux: 32 bit / 64 bit uchun o‘rnatish

Linux operatsion sistemali kompyuterga drayverlarni o‘rnatish qo‘llanmasi uchun qo‘yidagi ssilkaga kiring.

http://www.arduino.cc/playground/Learning/Linux

IDE Arduino programmalarining interfeysi: kompyuteringizdagi o‘rnatilgan IDE Arduino muhitini programmalashtirish oynasi 2.2—rasmdagidek bo‘ladi. IDE Arduino muhitini programmalashtirish interfeysi bilan tanishaylik. Programma yuklab olingandan so’ng Arduino platasi tanlanadi. Buning uchun plata USB kabel orqali kompyuterga ulanadi 2.3-rasm.


2.2-rasm. IDE Arduino muhitini programmalashtirish oynasi


2.3-rasm. USB kabelni kompyuterga ulanash


2.4-rasm. Arduino Nano platasini tanlash


«Инструменты» ga kirilib, kursor orqali «Плата» kiriladi va kerakli Arduino platasi (2.4-rasm) tanlanadi.USB kabel uchun CH340G drayveri yuklab olinadi.

«Инструменты» ga kirilib, kursor orqali «Пort"ga kiriladi va kerakli port (2.5-rasm) tanlanadi.


2.5-rasm. Arduinoda portni tanlash


2.6-rasm. Arduinoda COM 7 portni tanlash 2.7-rasmda Loyihalarni ishlatish uchun Arduino IDE menyusidagi uchta asosiy buyruqlar keltirilgan


2.7-rasm. Arduino IDE menyusidagi uchta asosiy buyruq

Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma

Подняться наверх