Читать книгу Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 7

4.BOB. ARDUINO PLATFORMASI ASOSIDAGI LOYIHALAR

Оглавление

4 – bobda Arduino platasi bilan ishlovchi o‘ndan ortiq loyihalarning sxemasi, butlovchi jihoz va radiodetalar, programmani yuklash hamda ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

4.1-rasmda loyiha sxemasini yig‘ish, programma yozish va yuklash jarayoni ko’rsatilgan.


4.1-rasm. Sxemani yig‘ing, programma yozing va yuklang

4.1. ARDUINO VA MILTILLOVCHI SVETODIOD

LED inglizchasiga (light-emitting diodes) bo‘lib, o‘zbekchasiga yorug‘lik diodi, ko‘plab qurilmalarda qo‘llaniladi. Arduino UNO asosida birinchi miltillovchi yorug‘lik diodi asosida tajribani ko‘rib chiqamiz. Ko‘p loyihalarni bajarish mumkin bo‘lgan Arduino UNO platasida yorug‘lik diodini vaqt bo‘yicha miltillashini tajribada bajaramiz. Tajriba uchun detallarni tanlaymiz va ishga kirishamiz. 4.2, 4.3, 4.4, 4.5 – rasmlarda birinchi tajribaning prinsipial sxemasi, radiodetallarning joylashishi, sxemaga detallarni ulanishi keltirilgan.


4.2-rasm. Birinchi tajribaning prinsipial sxemasi


4.3-rasm. Birinchi tajriba uchun radiodetallar


4.4-rasm. Birinchi sxemada radiodetallarning joylashishi


4.5-rasm. Birinchi sxemaga detallarni ulanishi


Birinchi tajriba uchun programma:

pinMode (13, OUTPUT);

Portlarning biridan foydalanish uchun Arduinga INPUT (kirish) yoki OUTPUT (chiqish) ni e’lon qilishda pinMode () funksiyasidan foydalanamiz.

digitalWrite (13, HIGH);

Chiqish sifatida portni ishlatish uchun, unga HIGH (5 Volt), yoki LOW

(0 Volt) buyruqni berish kerak.

Arduinoda svetodiodni yoqish uchun dastur:

void setup () {

pinMode (7, OUTPUT); // 7-pinni chiqish sifatida e`lon qilish

}

void loop () {

digitalWrite (7,HIGH); //Svetodiodni yoqing

delay (1000); //1 soniya kuting

digitalWrite (7,LOW); //Svetodiodni o`chiring

delay (1000); //1 soniya kuting

}

Natijada nimani ko‘ramiz:

Arduinoga programma kodni yuklaganimizdan so‘ng yorug‘lik diodini miltilashini ko‘ramiz. Agar qurilma ishlamasa sxema va programma to‘g‘ri yuklanganligini tekshiring va xatolikni toping va yana bir ishlatib ko‘ring.

Ehtimol bo‘lgan nuqsonlar:

Yorug‘lik diodi yonmayapti?

Yorug‘lik diodi plyus va minus qutbga ega bo‘ladi, shuning uchun uni 180 gradusga o‘zgartirib ko‘ring.

Programma yuklanmayapti:

Ayrim paytda kompyuterga ulangan port noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunda Servis> Posledovatelnыy port> ni ko‘ring.

Hamon ishlamayapti.

Sxema noto‘g‘ri yig‘ilgan, yorug‘lik diodi ishdan chiqqan, programma noto’g‘ri yuklangan. Barchasini tekshiring va yangidan sxemani yig‘ing. Sxema ishlaydi.

Hayotda qo‘llanilishi:

Barcha televizorlar va monitorlarda yorug‘lik diodi, ularni ulangan yoki o‘chiqligini ko‘rsatuvchi indikator sifatida foydalaniladi (4.6-rasm).

Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma

Подняться наверх