Читать книгу Jilg‘a navolari - - Страница 6
Baxtigul MAHMUDOVA
Erali qizi
Оглавление1999-yil 5-fevralda Piskent tumanidagi Qirqizobod qishlog‘ida dunyoga kelgan. Olamliq shahar Sanoat kollejini tamomlagan. Uning ilk she’rlari “Olmaliq haqiqati” gazetasida chop etilgan. Yosh ijodkor 2014-yildan “Jilg‘a” yoshlar etnogrofik ijodiy uyushmasi a’zosi.
O‘ZBEKISTON
Yurtim, har maskaning jannatday go‘zal,
Ko‘rsa gar quvonchdan yayraydi ko‘zlar,
Ta’rifga topolmay axtardim so‘zlar,
Taqdirim, baxtimsan, hur O‘zbekiton.
Har inson orzusi senda yashamoq,
Sening-la shodlikda baxtiyor bo‘lmoq,
Barchamiz uchun eng gullagan gulbog‘,
Taqdirim, baxtimsan, hur O‘zbekiton.
Vatan, sening mehring dunyoga yetar,
Yuragingda har on ezgulik yotar,
Qalbdagi ishonchlar baxt sari eltar,
Taqdirrim, baxtimsan, hur O‘zbekiston.
Men uchun dunyoda yagona makon,
Hatto musaffodir sendagi osmon,
Quchog‘ingda yayrab o‘sarman har on,
Taqdirim, baxtimsan, hur O‘zbekiton.
KUZ
Negadir judayam hayajondaman,
Qalbimda qandaydir mehrli bir so‘z.
Qandaydir kuylarning og‘ushidman,
Poyimga shivirlab to‘kilmoqda kuz.
Yo‘lakda ketaman hayajon bilan,
Toliqqan sabrning ovozidir bu.
Hattoki sehrli dunyolarda ham
Bundayin faslni qilishar orzu.
Boqing, ko‘z yoshlarga yuk bolgan ko‘zim
Tubida mehrning nihollari bor.
Kuz bilan yashnaydi yanayam ko‘nglim,
Oydan-da go’zalroq hayollarim bor.
MO’JIZA
Tunda nazar soldim samoga,
Yonardi yulduzlar miltirab.
Oy nuri o‘xshardi ro‘yoga,
Hayajonda turar qaltirab.
Bu qandayin yoqimli kuylar,
Inson dilin quvontiradi.
Juda go‘zal hislar quyilar
Va bu hislar dil yondiradi.