Читать книгу Bolalarga Tushunarli Islom - Sardor Nabievich - Страница 10

Nuh (a.s)

Оглавление

Odam ato va Havvo yer yuzida yashay boshlaganiga yuzlab yoki hatto minglab yillar o’tgach, ularning avlodlari yagona Allohga ibodat qilishlari kerakligini unutdilar. Ular vafot etgan solihlarni hurmat qila boshladilar va oxir-oqibat ularni o`z xudolariga aylantirdilar. Faqatgina Nuh ismli bir kishi va uning oilasi yagona Allohga sodiq qoldi. Va Robbimiz uni odamlarga payg’ambar va elchi qilib sayladi.

Nuh (a.s) o’z xalqiga quyidagilarni aytar edi:

– Allohga sajda qiling, undan qo’rqing va menga itoat qiling!

Lekin odamlar unga quloq solmadilar. Nuh ular Rabbiyga itoat qilmasalar, ularga yuborilajak dahshatli jazo haqida ogohlantirdi. Faqat bir nechta kambag’allar Nuhga ishondilar va unga qo’shildilar. Qolgan odamlar uning yuziga qarab kular edilar:

– Sen biz kabi oddiy insonsan… Sening yolg’onchi ekanligingni bilamiz! Agar mana bu kambag`allarni quvib solsang, ehtimol senga quloq solarmiz!

– Men sizdan hech qanday mukofot so’ramayman! – dedi ularga payg`ambar (a.s) – Men sizni mamnun qilish uchun kambag’allar va zaiflarni hamquvmayman.

– Agar sen haqiqatni so`zlayotgan bo`lsang, Allohning jazosini bizga ko’rsat, – deb masxara qildilar. – Qani bizga atalgan jazo?

– Agar xohlasa, Alloh sizni jazolaydi va bu jazoni bartaraf qilish qo`lingizdan kelmaydi», deb javob berdi. Lekin odamlar Nuh (a.s) ni tinglashni xohlamadilar. Ular uni aqldan ozgan deb atadilar, payg`ambar (a.s) esa ularni Allohga imon keltirishga chaqirishni davom etdi.

Shunday qilib, ko’p yillar o’tdi va boshqa hech kim Nuhga qo’shilmadi. Odamlar yomonlashgandan yomonlashib boraverishdi, ular tobora jiddiy gunohlar qilaverdilar. Keyin Nuh (a.s) ga Allohdan vahiy keldi: unga bu odamlar endi o`zgarmasligi, shuning uchun ular uchun qayg’urish kerak emasligi aytildi. Odamlar istagan narsasini qilsin, u esa katta kema qurishi kerak.

Nuh (a.s) katta kema qurishni boshladi va odamlar esa uni masxara qilishdi:

– Avval sen payg’ambar eding, endi duradgor bo’ldingmi?!

Yaqin atrofda dengiz bo’lmasa, nima uchun bunday katta kemani qurayotganini tushunmadilar. Ular bo`lajak jazo haqida eshitishni xohlamadilar.

Kema tayyor bo’lgach, kuchli va uzoq muddatli yomg’ir yog`a boshladi. Alloh Nuhga butun oilasini, imonlilarini va barcha hayvonlardan bir juftini kemada yig’ishni buyurdi.


Nuh (a.s) Alloh amrini bajardi va hitob qildi:

«Bizni adolatsiz odamlardan qutqargan Allohga hamdu sanolar bo`lsin! Robbim, meni muborak joyga olib bor, o`zing joylashtirguvchilarning eng yaxshisisan!»

Suv oqimlari osmondan quyilib, va yer qa`ridan toshib, vodiylar, qishloqlar, shaharlarni suv bosdi. Odamlar tog’larda qochishga harakat qilishdi, lekin suv ulardan-da balandroqqa ko’tarildi. Nuh (a.s) o’g’illaridan biri kemaga o’tirishdan bosh tortgan va tog’larga qarab qochayotgan edi. Nuh (a.s) uni ko’rib qoldi va qichqirdi:

– Ey o’g’lim, kemada sen uchun joy bor, najoddan bosh tortma!

– Men baland tog`da najot topaman! – javob berdi o`g`il.

– Faqat Allohga itoat etganlar panoh topadilar, – dedi Nuh (a.s).

Keyin katta to’lqin bu hududni qamrab oldi va Nuhning imonsiz o’g’li boshqa odamlar qatori subga g`arq bo`ldi. Nuh (a.s) ning kemasi esa to’lqinlar osha xavfsiz suzib ketdi.

Yomg’ir ko’p kunlar va tunlar yog`di. Barcha tog’lar, hatto eng baland cho’qqilar ham suv ostida qoldi. Lekin kunlarning birida yomg’ir to’xtadi. Suv asta-sekin pasayib, katta kema tog ' yonbag’riga chiqib qolgi. Yer quriganida, barcha odamlar va hayvonlar yerga tushdilar.

Nuh (a.s) chin yurakdan oilasi va do’stlarini qutqarib qolgan Allohga minnatdorchilik bildirdi.

Bolalarga Tushunarli Islom

Подняться наверх