Читать книгу Bolalarga Tushunarli Islom - Sardor Nabievich - Страница 8

FARISHTALAR

Оглавление

Siz, albatta, ota – onangizdan Alloh bizdan tashqari jinlar va farishtalarni yaratganligini eshitgandirsiz. Shunday qilib, odamlar loydan, jinlardan olovdan, farishtalar esa nurdan yaratilgan. Farishtalar hech qachon Allohning amridan chiqmaydi. Va aynan shu bilan ular odamlar va jinlardan farq qiladi.

Farishta Jabroil Allohning so’zlarini payg’ambar Muhammad (s.a.v) ga yetkazdi va shuning uchun farishta Jabroilni xabar beruvchi farishta deb ataymiz. Bu haqda gapirib berganlarimni unutmaganmisiz, dono kichkintoylarim?

Musulmonlar farishtalar haqida Qur’oni Karimdan bilishadi. Har birimizga hamma yerda ikkita farishta hamroh bo’ladi. Bu farishtalar insonning barcha amallarini kitobga qayd qiladilar. Ular bizning yaxshi va yomon ishlarimizni yozib boradilar. Shuning uchun, biz ularni yozuvchi farishtalar deb ataymiz.

Farishtalar turli bo`ladilar. Masalan, odamlarning jonini oladigan farishta mavjud. Biz uni o’lim farishtasi deb ataymiz.

Biz farishtalarni ko’rmaymiz, chunki ular ko’zlarimiz uchun ko’rinmas moddalardan yaratilgan.


Biroq biz ularning mavjudligini bilamiz, chunki Alloh bu haqda bizga xabar berdi. Boshqa barcha yaratiqlar singari, farishtalar ham Alloh tomonidan yaratilgan. Ular faqat Ungagina bo’ysunadilar va uning amrini bajaradilar.

Biz quyosh chiqishi va botishi, osmon bo’ylab bulutlar harakati, yomg’ir yog`ishi, o’simliklarning o’sishi va boshqa ko’plab tabiat hodisalari Allohning irodasiga ko’ra sodir bo’lishini bilamiz. Hech narsa uning irodasisiz sodir bo’lishi mumkin emas. Alloh unga so’zsiz itoat qiladigan farishtalarni ham yaratdi. Ular Alloh irodasini bajaradilar, hamma narsa Alloh irodasiga monand sodir bo’lishini va unga muvofiq amalga oshishini ta’minlaydilar. Farishtalar Rabbimizning itoatkor xizmatkorlaridir.

Alloh inson unga itoat va ibodat qilishini, yaxshi amallar qilishini xohlaydi. Bizning Yaratuvchimiz unga ishonishimizni xohlaydi. Jabroil orqali Bilguvchi Parvardigorimiz Muhammad (s.a.v) ga qadar yashagan ko’plab payg’ambarlar bilan suhbatlashdi. Payg’ambarlar esa Alloh odamzotdan nimani kutayotganini unutmasliklari uchun odamlarga Allohning irodasini eslatib turdilar,. Bularning barchasi to`g`risida Qur’on va Payg’ambarimiz (a.s) ning haqqoniy hikoyalaridan bilib olishimiz mumkin.

Barcha payg’ambarlar ushbu so’zlar bilan odamzotga murojaat qildilar:


SIZ FAQAT ALLOHGA ISHONISHINGIZ KERAK!

YOLG’IZ UNGAGINA IBODAT QILING VA FAQAT

YAXSHILIK QILING!

Bolalarga Tushunarli Islom

Подняться наверх