Читать книгу Rostgo‘y bola - - Страница 2
OYPOSHSHA
Оглавление– Oyi, – dedi Oyposhsha,
Ushladim, mana, pashsha,
Shundan fil yasab bering,
Qilay men bir tomosha.
– Sendan aylanay o‘zim,
Bu mumkin emas, qizim,
Buni eplolmas odam,
Bu – onalik chin so‘zim.
– Xo‘sh, unda nega har dam,
Tushunmayman sira ham,
Pashshadan fil yasaydi,
Deydilar sizni dadam.