Читать книгу Rostgo‘y bola - - Страница 8
TULKINING SO‘ZI
ОглавлениеNomimdir ayyor tulki,
Mug‘ombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
To‘q tutmayman qornimni.
Bilaman, hayvon borki,
Bir-biridan ko‘p farqi.
Biri ojiz, biri zo‘r,
Biri to‘q, biri bazo‘r
Kun ko‘rar, bunga sabab –
Yurmas holiga qarab.
Ko‘rsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.
Deyman, bo‘l o‘zdan hazir,
Ammo gap qilmas ta’sir.
O‘rmon, to‘qay sultoni
Sherning uzundir qo‘li,
Aytsam gapning dangalin,
Bo‘lolmas ammo tulki.
Yo‘lda ko‘p tuzoq-qopqon