Читать книгу Ilhom kelganida - Abdulaziz Asqaraliyev - Страница 2

So’z boshi

Оглавление

Har yangi kun biz uchun yangidan yangi g’oya va sovg’alarini taqdim etadi. Va albatta, bizning oramizdagi hamkasblarim soni ham oshib bormoqda. Va albatta, bizning qatorimizga kirmoqchi bo’lgan yosh insonlar ham bordir. Bu kitob, ularning biri – Abdulaziz Asqaraliyevning birinchi she’rlar to’plamidir.

Shoir, o’zining yoshiga qaramasdan, qiziq va katta mavzular haqida ham mulohazalarni olib bormoqda. Albatta, hatolarsiz bo’lmadi, lekin bu yosh shoirning yozgan satrlariga boqgan holda, yirik iqtidor sohibi borligini aytib o’tish shart.

Asqaraliyev Abdulaziz 2007-yilning 23-iyul kuni Farg'ona viloyati Rishton shahrida tavallud topgan. Hozirda Farg'ona viloyati Rishton tumanidagi 2-umumta'lim maktabdagi 9-A sinifida tahsil olmoqda. Sher yozishni 10 yoshdan boshlagan yosh shoirlarimizdan.

Ishonamiz-ki, kun kelib, bu yosh iqtidor sohibi, bizning qatorimizga kirib, bugungi kunda rivojlanayotgan «Electron» tashkiloti a’zosi bo’ladi va biz bilan birgalikda insoniyatning kelajagini yaratadi! Ilo, bizning maqsad – kelajakni barpo etishdir! Balki bu iqtidor kelajakda bizning ulug’ yurtimizni yangi o’rinlarga olib chiqib, she’riyatning go’zal olamida o’zining izini qoldirar, hozir esa, biz yosh shoirga omad tilab, uning ajoyib kichik asarlaridan bahramand bo’lishga oshiqmoqdamiz…

Ilhom kelganida

Подняться наверх