Читать книгу Ilhom kelganida - Abdulaziz Asqaraliyev - Страница 9

Buvijon

Оглавление

Buvijonim siz mening,

Mehribonim siz mening.

Yaxshilikga undovchi,

Duoguyim siz mening.

Har gal kelganimda men,

Peshonamdan o’pasiz.

«Odobli bo’l, bolam» – deb,

Nasihatlar qilasiz.

Baxtimizga doimo

Sog’ bo’ling, omon bo’ling.

Bobom bilan bizga siz,

Doim bizga bosh bo’ling.


Ilhom kelganida

Подняться наверх