Читать книгу Ilhom kelganida - Abdulaziz Asqaraliyev - Страница 3

Jo’jacha

Оглавление

Bir tovuqni jo’jasi

Tuxumdan yorib chiqdi.

Shunday ko’zini ochsa,

Yonidan mushuk chiqdi.

Uni ko’rgan jo’jacha

Juftagini rostladi.

«Qani oyim?» – deb jo’ja,

Oyisin ko’p izladi.

Niyatiga yetti u,

Oyijonin topdi u,

Quchog’iga otilib,

Chichilab yig’ladi u.

Jo’jacha katta bo’lib,

Xo’rozboyga aylandi.

Erta tongda uyg’ondi.

Qichqirishga shaylandi.


Ilhom kelganida

Подняться наверх