Читать книгу Ilhom kelganida - Abdulaziz Asqaraliyev - Страница 8

Tarbiya

Оглавление

Badaning tarbiya qilmoq istasang

Erta tong turgin’u qilgil mashg’ulot

Aqling tarbiya qilmoqchi bo’lsang,

Erta tong o’qigin birmuncha kitob.

Qorningni to’ydirmoq bo’lsang agar sen

Dasturxon ustida «Bi ismi Ollohni» ayt

Endichi sen agar yeb to’ygan bo’lsang

Esingdan chiqarma-shukurni ko’p ayt.

Xurmating topaman desangchi do’stim

Saloming uzmagin yosh-u-qaridan,

Iymoning salomat bo’lmoq istasang,

Ha, do’stim, qo’shilma yomon-u pastga.

Sen agar tole’ni topaman desang

Bobolar, momolar duosin olgin

Sen agar davlatni topmoq istasang

Halol bo’l, pok bo’lgin, bo’lmagin nokas.

Bejizga aytmagan yoshi ulug’lar,

Bo’linganni bo’ri yer degan donolar.

Akalar, ukalar, opa-singillar,

Ahir bo’l inoq bo’l jon qarindoshlar.


Ilhom kelganida

Подняться наверх