Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 2
ОглавлениеO«quv qo‘llanma 5311000 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash o‘quv rejasidagi «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» o‘quv fanidan adabiyot sifatida tayyorlangan.
O«quv qo‘llanmada avtomatashtirishning barcha texnik vositalarini fan doirasida ochib berilgan. Texnik vositalarni yoritishda qurilmalarni avtomatlashtirish tizimlaridagi joylashish ketma-ketligiga moslashga harakat qilingan. Birinchi navbatda avtomatlashtirishning umumiy masalalari berilib, navbatda sensorlar, ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vositalari, ijro mexanizmlari keltirilgan. Nihoyada zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarda tarmoqlar va elektron qurilmalarni mexanik, elektromagnit ta’sirlardan himoyalash masalasi yoritilgan.
Avtomatlashtirishning umumiy masalalari 1.2,3 – bo‘limlarda, 3—7 – bo‘limlarda avtomatlashtirishning sensor qurilmalari, 8—16 – bo‘limlarda ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vositalari, 17- bo‘limda ijro mexanizmlari, 18- bo‘limda, elektron qurilmalarni mexanik, elektromagnit ta’sirlardan himoyalash keltirilgan.
O«quv qo‘llanma «texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» sohasidagi bakalavrlar, magistrlar va shu sohada avtomatlashtirish tizimini loyihalash bilan shug‘ullanadigan muhandislar uchun mo‘ljallangan.