Читать книгу Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 20

VI BOB. SENSORLARNING TASNIFI
6.4. Haroratni o‘lchash
6.4.2.Termoelektrik konvertorlar (termojuftlar/termoparalar)

Оглавление

Ikki xil tarkibli o‘tkazgichni bir uchi kavsharlanib, kavsharlangan qismi qizdirilsa, qizdirilmagan uch qismlari orasida termoelektr yurituvchi kuchi (t.e.yu. k.) hosil bo‘ladi.


Rasmda «a» va «b» turli tarkibli o‘tkazgichlar, «1» nuqta kavsharlangan bo‘lib «issiq» uchi, «2,3» nuqtalar «sovuq» uchi deb ataladi. Agar «issiq» va «sovuq» uchlaridagi harorat bir xil bo‘lsa, t.e.yu. k. hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun harorati o‘lchanadigan muhitga termoparani «issiq» uchi kiritiladi yoki tekkizib ko‘riladi. Hosil bo‘layotgan t.e.yu. k. qiymati «issiq» va «sovuq» uchlar o‘rtasidagi temperaturalar farqi t2—t1 ga proporsional.

E (t, t0) = E (t, 0) – E (t0, 0)

Sanoatda ishlab chiqarishda foydalanish uchun turli markadagi termoparalar tayyorlanmoqda. Dunyo bo‘yicha ular aniq standartlarga keltirilgan bo‘lib turli intervaldagi haroratlarni o‘lchashga mo‘ljalangan. Ulardan keng qo‘llanilayotganlari quyidagi jadvalda berilgan:


Termoparalarni gradirovkalanganda ularni «sovuq» uchlari doimiy 00C ga bo‘lgan holat taminlanadi. Agar tarmoparalarni «sovuq» uchlari tumperaturasi 00C dan farq qilsa, uning berayotgan t.e.yu. k. ga tuzatma kiritish zarur bo‘ladi.


6.11 – rasm. Termoparani ulanishni prinsipial sxemasi


Sxemadan ko‘rinib turibdiki, termoparadan o‘lchov qurilmasigacha bo‘lgan t.e.yu. k. ni uzatish maxsus termokpensialovchi sim orqali amalga oshiriladi. Bu sim odatda qanday turdagi termopara o‘rnatilganiga qarab tanlanadi. Termoparani «sovuq» uchi joylashgan muhit o‘zgarmas temperaturada va ikkilamchi o‘lchov qurilmasi bilan bir xil sharoitda bo‘lsa, bu yerda uzatish simini mis simda davom ettirish mumkin.

Termoparalarni modeli u to‘g‘risidagi ko‘pchilik informatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan unversal belgilanish quyidagi informatsiyalarni o‘z ichiga oladi:


Misol uchun DTPK045 – 0211.120. modeli 1 ta sezuvchi elementli, «xromel-aluminiy», himoya qobig‘i 08x20N14S2 po‘lat, o‘lchash oralig‘i -200 0C…+1300 0C, ishchi uchi izolatsiyalangan, termoelement elektrodi diametri 1.2 mm, metall ulanish kallakli, montaj qismi 120 mm, korpus o‘lchamlari jadvaldagi 045 markasiga mos keladi.

Termoparalarni portlashga xavfli muhitlardagi haroratni o‘lchash uchun ham tayyorlanadi. Ularni bunday modeli nomlanishiga «Yex» belgisi qo‘yiladi.


6.12 – rasm. Termoparalarda olinayotgan signallarni temperaturaga bog‘liqlik grafigi.


6.12 – rasmdan ko‘rinib turibdiki, termoparalarda chiqish signali temperaturaga bog‘liqligi chiziqli emas. Bu nochiziqlikni o‘lchash intervallarini kichikrok tanlash bilan kamaytirish mumkin. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, THA (K) tipidagi termoparani chiziqli qismi 400 0C dan keyin, TXK (L) termoparasiniki esa, 200 0C gacha yaqqol ko‘rinib turibdi.


6.13 – rasm. Ishlab chiqarishga mo’ljallangan termopara

1- elektrodlar, 2- ishchi kavsharlangan uch, 3- trubka, 4- himoya armaturasi, 5- keramik dielektrik, 6- berkituvchi quyma, 7- kallak, 8- klemmnik, 9- qotirgich, 10-uzatuvchi sim, 11- germetik chiqish, 12- termoparani qotirgichi


Termoparalarni kalibrovkalash va qiyoslashda davlat standart meyoriy hujjatlarida keltirilgan gradirovka jadvalidan foydalaniladi. Misol uchun «K» markali termoparani qisqartirilgan intervaldagi gradirovkasi quyidagicha:


6.14 – rasm. Termojuftlik: 1 – datchik boshi; 2 – ekran; 3 – termoelektrod kabel; 4 – sovuq ulanish harorati sensori; 5 – termojuftning ishchi birikmasi

Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma

Подняться наверх