Читать книгу Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 11

4-bob. DASTURLASHNING TARKIBI
4.1. setup () va loop () funksiyasi

Оглавление

Arduino dasturining bazaviy tarkibi ikkita majburiy qism setup () va loop () funksiyasidan iborat. setup () funksiyasidan o’zgaruvchi va kutubhonani ulash e`lon qilinadi. setup () funksiyasi bir marta ishga tushiriladi. U o’zgaruvchilarni inisializasiya qilishda, portlarni ishlash rejimini o`rnatishda va dasturning asosiy siklini tayyorlashda qo’llaniladi. U biror amalni bajarmasa ham dasturga bo`lishi kerak. loop () funksiyasi Arduinoda yozilgan buyruqni cheksiz ketma ketlikda bajaradi. Bu funksiya asosiy ishni siklik ravishda bajaradi.

Quyida sodda yozilgan dastur keltirilgan.

void setup ()

{

Serial.begin (9600);

}

void loop ()

{

Serial.println (millis ());

delay (1000);

}

Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma

Подняться наверх