Читать книгу Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 4

2-bob. ARDUINO OILASI MIKROKONTROLLERLARINING VERSIYALARI

Оглавление

2.1. Arduino platsining versiyalari

Arduino platasining bir qotor versiyalari mavjud. Arduino platasining asosiy versiyalarining modellari quyidagilar:

Ø Due – Cortex-M3 ARM SAM3U4E mikroprotsessori 32-bit ARM bazasi asosidagi plata;

Ø Leonardo —ATmega32U4 mikrokontrolleri asosidagi plata;

Ø UNO —Arduinoplatformasi asosidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan versiya;

Ø Duemilanove – ATmega168 yoki ATmega328 mikrokontrolleri asosidagi plata;

Ø Diecimila – Arduino USB platformasi asosidagi versiya;

Ø Nano – maket sifatida ishlovchi kompakplatforma. Nano kompyuteri USB Mini – B kabelya orqali ulanadi;

Ø Mega ADK – na Android telefoni va boshqa USB interfeysli qurilmalarda aloqani USB-host interfeysini qo‘llovchi Mega 2560 versiyali plata;

Ø Mega 2560 – USB-port orqali ketma ket ulanuvchichi ATMega8U2 chipi asosidagi ATmega 2560 mikrokontrolleri bazasidagi plata;

Ø Mega – ATmega1280 mikrokontrolleri bazasidagi Mega seriyali versiyasi;

Ø ArduinoBT – programmalashtirish va sim aloqa uchun Bluetooth modulli platformasi;

Ø LilyPad – tabiiy tola materiallariga biriktiriluvchi platforma;

Ø Fio – simuzatish uchun mo‘ljallangan platforma. Fio XBeeradio uchun ulash uyasi, LiPo batareyasi zaryadlash uchun ulash uyasi mavjud;

Ø Min i— eng kichik Arduino platformasi;

Ø Pro – tajribali qo‘llanuvchilar uchun yaratilgan platforma bo‘lib, katta proektlarni yaratish imkoni mavjud;

Ø Pro Min i— Pro platformai singani, tajribali qo‘llanuvchilar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi arzon, o‘lchami kichik va qo‘shimcha funksiyalari mavjud.

2.1.1. Pro Mini Arduinosi


2.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi


Pro Mini Arduinosi (2.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.

2.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasinig xarakteristikalari keltirilgan.


Arduino ProMiniFTD Ikabel orqali ta’minlanadi, yoki VCC chiqish orqali

3,3 Volt yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqishi boshqarilmaydigan manba orqali taminlanadi.

Ta’minlash chiqishlari

Ø RAW – boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;

Ø VCC -3,3 V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;

Ø GND – yrga ulash chiqishlari.

2.1.2. Nano Arduinosi

Nano platformasi (2.2-rasm), ATmega 328 (Arduino Nano 3.0) yoki ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri asosida tuzilgan, bo‘lib kichik o‘lchamga ega bo’lib u laboratoriya ishlarida qo‘llaniladi.


2.2-rasm. Nano Arduino platasi


Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish oladi yoki boshqariluvchi 5V, tashqi ta’minlash manbasidan oladi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.

Nano Arduino platasining xarakteristikalari 2.2.jadvalda keltirilgan.


2.1.3. ArduinoUNO

2.3-rasm. ArduinoUNO (DIP) platasi


UNO Arduino platformasi ATmega328 (2.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinosida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.

Arduino UNO platasining xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.


2.1.4. Mega Arduinosi

Mega Arduinosi Atmega2560 (2.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.


2.4-rasm. Mega Arduino platasi


Mega Arduino platasining xarakteristikalari 2.4-jadvalda keltirilgan.

Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma

Подняться наверх