Читать книгу Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 14
4-bob. DASTURLASHNING TARKIBI
4.4.Funksiyalar
Оглавление4.4.1.Raqamli kirish/chiqish. Arduinoda pinMode funktsiyasi
Arduino IDE-ning pinMode () funktsiyasi berilgan pinning rejimini kirish yoki chiqish sifatida o`rnatadi.
4.1-rasm. Raqamli pin
Arduino raqamli pin ikki holatda bo`lishi mumkin. Kirish rejimida pin 0 dan 5 voltgacha bo`lgan kuchlanishni o`qiydi va chiqish rejimida pinda bir xil kuchlanishni chiqaradi.
digitalWrite () buyrug`i yordamida raqamli chiqish signal hosil qilish
Mikrokontrollerning pin rejimi pinMode (pin, mode) funksiyasi yordamida tanlanadi, bu erda pin- pin raqami va mode rejim yoki usul degan ma`noni anglatadi.
Arduinoda pinMode OUTPUT (chiqish sifatida tuzilgan pinlar)
OUTPUT (porti chiqish sifatida ishlaydi) – pin maksimal 40 mA tok bilan boshqariladigan quvvat manbaiga aylanadi. digitalWrite () buyrug`iga qarab, pin bir yoki nol qiymatini oladi. Misol:
pinMode (10,OUTPUT);
4.4.2.digitalWrite () va analogWrite () funksiyalari
Raqamli pin digitalWrite () buyrug`i yordamida raqamli chiqish signal hosil qilishi mumkin. Raqamli signal ikkita qiymatga ega bo`ladi; – 0 yoki 1 (0 volt yoki 5 volt).
void setup () {
pinMode (11, OUTPUT);
digitalWrite (11, HIGH); delay (500);
digitalWrite (11, LOW); delay (500);}
40 mA dan ortiq quvvat sarflaydigan qurilmalarni Arduino pinlariga ulash mumkin emas, chunki mikrokontrollerning asosiy maqsadi mantiqiy signallar yordamida boshqa qurilmalarni boshqarishdir. Agar qurilmani belgilangan qiymatdan ko`proq iste`mol qiladigan pinga ulasangiz, u holda pinga zarar etishi mumkin. Bu holda relelardan foudalaniladi.