Читать книгу Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 7
3-bob. ARDUINONI QUVVATLANTIRISH VA PWM, ANALOG, RAQAMLI PINLAR
3.1.Arduino raqamli va analog pinlari
3.3.Arduino UNOda PWM, analog, raqamli pinlar
ОглавлениеPWM (PWM) pinlarlari (Analog chiqish) 3, 5, 6, 9, 10, 11.
Analog pinlarlari (Analog kirish/chiqish) A0, A1, A2, A3, A4, A5.
Raqamli pinlarlari (Raqamli kirish/chiqish) 0 dan 13 gacha barcha portlar, foydalanish mumkin:
A0 – A5 gacha Analog pinlarlari raqamli pin sifatida ishlatiladi, agar umumiy maqsadli portlar yetarli bo`lmasa, masalan, plataga 15 ta svetodiodni ulashni xohlasangiz. Bundan tashqari, Arduino UNO va Nano platalarida A4 va A5 portlari I2C protokoli (SDA va SCL pinlari) uchun ishlatiladi – ular A4 va A5 pinlari bilan parallel ishlaydi.
Agar chiqish kuchlanishini tartibga solmoqchi bo`lsangiz, "~" belgisi bilan belgilangan pinlarni ishlatishingiz kerak. Arduino UNO uchun bular 3, 5, 6, 9, 10, 11. Analog portlar yordamida 0 dan 5 voltgacha bo`lgan har qanday kuchlanishni chiqarish mumkin va raqamli chiqishlarni faqat yoqish va o`chirish mumkin. Analog portlar PWM (pulse-width modulation), o`zbek tilida IKM (impuls kengligi modulyatsiyasi), rus tilida (широтно-импульсная модуляция) dan foydalanadi, bu analog signalni simulyatsiya qiladi.
Arduinoda analog pinlarni raqamli sifatida ishlatish
Ko`p qurilmalarni ulashda umumiy maqsadli pinlar etarli bo`lmasligi mumkin. Bunda dasturda analog pinlarni raqamli pinlar sifatida ishlatish mumkin.
void setup () {
pinMode (A3, OUTPUT); //A3 pinini raqamli chiqish sifatida e`lon qilish
}
Raqamli signal va analog signal o`rtasidagi farqni tushunish uchun, LED va rezistorli sxemani amaliyot taxtasida o`rnating. Analog chiqishni
~ 9 ga ulang. Chiqish portini Pin 9 ga ulang. Dasturni Arduino NANO yoki UNO platasiga yuklang.
Port 9 raqamli chiqish sifatida ishlashi mumkin. Agar digitalWrite funksiyasi analogWrite ga o`zgartirilsa, HIGH (1) va LOW (0) qiymatlari o`rniga 0 dan 255 gacha bo`lgan istalgan qiymatni qabul qiladi. Aynan shu oraliqda analog chiqishlardagi kuchlanish o`zgartiriladi. LEDni yoqish va o`chirish uchun dasturni yuklab oling. Ushbu dasturning ishlashining batafsil tavsifi quyida kodda berilgan.