Читать книгу Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma - Boxodir Xoshimovich Karimov - Страница 9

3-bob. ARDUINONI QUVVATLANTIRISH VA PWM, ANALOG, RAQAMLI PINLAR
3.1.Arduino raqamli va analog pinlari
3.5. Arduinoda analog signal va LED

Оглавление

int LED = 0; //LEDning dastlabki yorqinligi

int fade = 5; //LED yorqinligini o`zgartirish bosqichi

void setup () {

pinMode (9, OUTPUT); // chiqish ishlashi uchun Pin 9 dan foydalaning

}

void loop () {

//LED yorqinligini Pin 9ga o`rnating

analogWrite (9, LED); //har bir siklda berilgan so`ng miqdorini qo`shish orqali yorqinlikni o`zgartiring;

LED = LED + fade; //minimal va maksimal yorqinlikda o`chirish tartibini o`zgartiring;

if (LED == 0 || LED == 255) {

fade=-fade;

}

delay (20); //effektni pauza qilish

}

Tushuntirish:

1.AnalogWrite funksiyasi (pin, qiymat), bu yerda pin – signal qo`llaniladigan chiqish porti, qiymat-0 (to`liq o`chirilgan) va 255 (to`liq yoqilgan) orasidagi qiymat, LEDning yorqinligini yoki tezligini impuls kengligi modulyatsiyasi (PWM) yordamida boshqariladi.

2.LED o`zgaruvchi sikli har gal bajarilganda «0» boshlang`ich qiymatiga ega bo`ladi, fade ning berilgan qiymati LED qiymatiga qo`shiladi (bu dasturda fade =5).

LED o`zgaruvchisi maksimal qiymati 255 ga yetganda, fade -5 manfiy qiymatni oladi. Endi, har safar sikl bajarilganda, LED qiymatiga -5 qo`shiladi, ya`ni, har safar fade LEDdan ayriladi.

Arduinoda LEDning yorqinligini o`zgartirish

Ushbu bo’limda LEDning yorqinligini o`zgartiriladigan qurilmaning elektr sxemasini yig`amiz. Potensiometr yordamida 9-pinga ulangan LEDning yorqinligini o`zgartirishimiz mumkin. Potensiometrning ikki tarafdagi oyoqlari 5V va GND portlariga ulanadi, kuchlanish qiymati o`rta oyoqdan olinadi va Arduinoning A0 analog kirishiga ulanadi.

Elektr zanjirini ko`rsatilganidek yig`ing. Potensiometrning o`rta oyog`i kuchlanish ko`rsatkichlarini olish uchun A0 analog portiga ulanadi. Arduinoning 5V va GND portlariga ulash uchun, potensiometrni ikki tarafidagi oyoqlarini qay biriga ulanishi muhim emas. LEDning yorqinligini oshirish uchun faqat htugmachasining aylanish yo`nalishi o`zgartiriladi. Sxema tayyor bo`lgandan so`ng, Arduinoni kompyuterga ulab va dasturni yuklang.


3.4-rasm. Arduinoga led va potensiyometr ulash sxemasi


Arduinoda led va potensiyometr uchun dastur

#define LED_PIN 9 // LED bilan pinga nom bering

#define POT_PIN A0 // Potensiometr piniga nom bering

void setup () {

// LED pin chiqish

pinMode (LED_PIN, OUTPUT);

//potensiometrli pin kirish bo`ladi

pinMode (POT_PIN, INPUT);

// Serial port monitorini ishga tushiring

Serial.begin (9600);

}

void loop () {

//2 ta o`zgaruvchidan foydalanishimizni e`lon qilamiz – aylanish va yorqinlik

//o`zgaruvchilarda faqat butun sonlarni saqlaymiz (ing. «integer»)

int aylanish, yorqinlik;

//aylanish 0 dan 1023 gacha bo`lgan potentsiometr qiymatlariga teng

aylanish = analogRead (POT_PIN);

// o`zgaruvchan brightness 4 ga bo`lingan aylanishga teng bo`ladi

//yorqinlik faqat butun son bo`lishi mumkin, kasr qismi o`chiriladi

//natijada yorqinlik o`zgaruvchisi 0 dan 255 gacha bo`lgan oraliqda bo`ladi

yorqinlik = aylanish / 4;

//yorqinlik=aylanish/4 formulasi bo`yicha hisoblangan kuchlanish

analogWrite (LED_PIN, yorqinlik);

//aylanish qiymatini ketma-ket monitor portga yuboring

Serial.println (yorqinlik);

delay (500);

}

Tushuntirish: #define direktivasidan foydalanib, 9-pin raqamini LED_PIN nomi bilan almashtirdik, A0 analog kirishiga POT_PIN nomini berdik. Mahalliy o`zgaruvchi“aylanish“ kuchlanishga mutanosib va 0 dan 1023 gacha (ADC ning minimal va maksimal qiymatlari) oralig`ida bo`ladi. „yorqinlik“ o`zgaruvchisi esa 4 ga bo`lingan „aylanish”ga teng ya`ni 0 dan 255 gacha (analog kirishning minimal va maksimal qiymati).

Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma

Подняться наверх