Читать книгу Hikoyalar karvoni - Сардор Курбанов - Страница 3
Ajoyib sevgi
ОглавлениеStiv piyoda ishiga ketayotgan edi. U tug’ilganidan beri faqat Angliyada yashagan edi va faqat hozir allaqachon bir yildan beri qurilish loyihasini bitirish uchun Rossiyada yashab kelayotgan edi. Uning yashaydigan joyi qurilish obyektidan 5 daqiqalik yo’l edi. U sayr qilishni yaxshi ko’rgani uchun, azgina vaqtliroq chiqar edi va har kuni har xil yo’nalish bo’yicha aylanib borishni yaxshi ko’rardi. Bugun ham aylanma qilishni istadi va yo’lda ketayotgandan edi. Atrofni ko’rib ko’zi quvonar, xatto sovuq havo ham atrofni kuzatishdan to’sib qo’ya olmas edi. Ko’chaning burchagidan o’ng tarafga qayrilganida tasodifan ko’zi bitta qizga tushib qoldi. Nimagadir joyida turib qoldi va u qizdan ko’zini uza olmadi. Qiz qaymoq rangdagi hijob bilan o’ralgan, ikki ko’zi yerda, yuzi esa qanaqadir nurlarga to’lib yotibdi. U qizning nimadiri Stivni o’ziga tortdi. Stiv Angliyada ham qizlarni ko’rgan, muslima qizlarning ham shunaqa kiyinishini bilardi va kuzatgan edi. Biroq negadir, uning fikru-hayolini shu qiz olib qochdi. Stivning ishga borishi kerakligi esiga tushdi, lekin u hayoliy to’siqni ustidan sakrab o’tgandaka bu to’siqni ustidan sakrab o’tdi va qizning ortidan tushdi. Stiv bilmas edi, musulmon xalqlarida muslima qizning oldiga shunchaki borib gapirib bo’lmasligini. Shu bois u qizning orqasidan yetib olib, yo’liga chiqdi va inglizchada nimadirlarni gapirishni boshladi. Qiz esa birinchi cho’chib tushdi, undan so’ng bir bor Stivga nazar soldi va yerga qarab uni aylanib o’tib ketishga harakat qildi. Stiv esa iloji boricha o’z fikrini tushuntirishga harakat qilardi. U bir yil ichida o’rgangan bilimlarini, o’rgangan so’zlarini esga solishga harakat qilib, aksent bilan ruschada gapirishga kirishdi. Chala rus chiqayotgan gaplaridan qiz tushunib yetdiki, yigit sevgi izhor qilyapdi va qizning yoqtirgan odami bormi yoki yo’qmi so’rayapdi. Qiz esa hech nima eshitmagandaka aylanib o’tib ketdi.
Stiv noilojlikdan nima qilishni bilmadi va qizning orqasidan kuzatdi. Qiz uyiga keldi va bola ham qizning ortidan uyning eshigini taqillatdi. Eshikni bir yoshi kattaroq ayol ochdi. Stiv jilmaygan holda o’zini tanishtirdi, ayol ichkariga kirib ketdi va birozdan so’ng boshqa bir yoshi kattaroq erkak kishi chiqib keldi. Stiv yana jilmayib o’zini tanishtirdi. Mezbon mehmonni uyga taklif qildi va tarjimon uchun qo’shning ingliz tili biladigan o’g’lini chaqirtirvordi.
Stiv to’g’ridan to’g’ri maqsadga o’tdi, qizning otasi bo’lib chiqqan erkak kishiga qizni ko’rib qolganini va yaxshi ko’rib qolganini, uylanmoqchi bo’lganini aytdi. Kutilmagan bunaqa voqealardan qizning otasi hotirjamlik saqladi va savol berishni boshladi.
– Dining nima?
– O’zi ota-onam nasroniy, lekin man yillar o’tib ko’p hudolik tushunchalarini anglab olganman – qizning otasi jim turdi va gapirdi. Qizini chaqirishlarini buyurdi. Qizi keldi va mehmonga e’tibor bermasdan, otasiga yuzlandi. Otasi qizidan buni tanidimi yoki yo’qmi so’ragandi, qizi mehmonga qarab bugun yo’lini bir marta to’sganini aytdi. Qiziga ketaverishini aytib, Stivga qarab gapirdi.
– Dangal odam ekansan, manam dangalman, shunga to’g’ridan to’g’ri gapiraman. Qizim Qur’onni yod olgan qoriya hisoblanadi. Oldimga kelib million marta yalinsang ham, agar islomni qabul qilmagan bo’lmasang, namoz o’qimasang va uyog’iga ilmingni kuchaytirishni va’da bermaseng, qizimni bermayman.
– Nega axir?
– Sababi oddiy, tavxid, ya’ni yakkahudolik faqat Allohga munosibdir. Sen esa nasroniy bo’la turib, ko’p hudolik deysan.
– Tushundim sizni, ammo yolg’ondakam dinni qabul qilaman, deb uylanib olsam ham bo’ladiku. U narsani o’ylamadinggizmi?
– Birinchidan, Allohning kalomi bilan hazillashib bo’lmaydi, hazillashsang ham bu uchun katta azob bor. Ikkinchidan, unaqa qiladigan bo’ladigan bo’lsang, yerni tagidan bo’lsa ham, qancha vaqt o’tgandan keyin bo’lsa ham seni topamiza, chunki biz musulmonlar muslima qizimizmi, singlimiz bo’ladimi, ularni hafa qildirib qo’ymaymiz. Boshqa begona muslima ham singlimiz yoki opamiz hisoblanadi. Uchinchidan, gaplaringdan unaqa odamga o’xshamayapsan – Stivga asosan begona bo’lsa ham, boshqa muslima ayollarni hafa qildirib qo’ymaymiz, degan fikr boshqacha ta’sir qildi. U o’yladi, ertaga uning ham qizi shu jamiyatda o’zsa, qizi uchun bu ajoyib sovg’a bo’larmidi, deb. U uchun bu mantiqni orqasidan kelayotgan narsa edi. Ammo o’zi hayron qoldi, qanday qilib bunaqa fikrlar uning mehmoni bo’ldi? U ikkilanib o’tirmadi va ichki ovozga tayanib, roziman, dedi.
Biroz vaqt o’tdi va u uyida ayoli bilan namoz o’qib o’tirar edi. Namozni tugatishdi. Ayoli choy uchun qo’yilgan suv qaynaganini bilgach shoshilib ketdi. Stiv esa joynamoz ustida o’tirar edi va hayotidagi hamma narsa uni shu yo’lga olib kirishi uchun edi, deb o’ziga o’zi hayolida gapirib qo’ydi. U ichida Allohga hamd aytdi, bergan marhamatini shukronalik bilan esladi. Alloh Stivning yuragiga islom dinini sevgi orqali ochganini eslab, ko’zidan yosh oqdi. Bu hursandchilik ko’z yoshi edi. U ko’z yoshini ortdi va nafl namoz uchun niyat qilishni boshladi va o’qishga tushib ketdi.