Читать книгу Hikoyalar karvoni - Сардор Курбанов - Страница 4
Anhorning kundalik hayoti
ОглавлениеAyolga mas’ulyatli sovg’a
Nilufar o’zining sevimli ishi hisoblangan jurnalistlik tufayli, bir yirik korxonaning egasidan intervyu olishiga to’g’ri keladi. Nilufar korxonaga kirib borar ekan, korxona maydoni va qurilish inshoati kattaligiga beixtiyor lol qolardi. Bunaqa katta natijaga erishish uchun, juda katta kuch kerak bo’ladi, deb qo’ydi yana beixtiyor. Binoning ichkarisiga kirarkan, Nilufar bilan telefonda aloqada bo’lib turgan kotiba uni kutib oldi va tepaga korxona rahbarining ofisi tomon otlanishdi. Binoning ichida hamma ish bilan mashg’ul, odamlarda chalg’ish yoki nimadir sabablar yo’q edi, ishni sustlashishiga. Nilufar bundan oldin ham boshqa korxona rahbarlaridan intervyu olgan edi, lekin bunaqa intizomni ko’rmagan edi. Bu intizom nafaqat ishni uzilmasdan davom etishida, balki ishlayotgan odamlarning chehralarida ham aks etar edi. Ular ishga berilib qilayotgan uchqun ko’zlarida ko’rinib turardi. Korxona metalga ishlov berib, metaldan qurilish mollarini yasab beradigan korxona edi. Nilufar va kotiba yurishda davom etishayotganda, ular yoshi 35—40 larga borib qolgan, bir jiddiy odam duch kelishdi. O’zini sal bo’lsada biroz oldin bo’sh qo’ygan kotiba ham jiddiylikni yanada kuchaytirdi. “Nurali aka bu sizdan intervyu olishi kerak bo’lgan va vaqtini kelishgan jurnalist hisoblanadilar”, dedi kotiba. Nurali aka esa bir nigohini tashadi va marhamat deya ofisga boshladi. Nilufar ofis tomon yurganda fikrlashga tushib ketdi. Ishchilarning o’z ishini bilib, bunaqa darajadagi intizomga amal qilayotganlari bekorga emasligini endi tushunib yetgandi. Haqiqattan ham, Nilufar uchun Nurali akani hatto yurishlarida ham bir intizom ko’rinar edi.
Hamma ofisga kelib o’tirishgandan so’ng, kotiba bitta choynakda choy olib keldi, piyolalarga quydi va honadan chiqib ketdi.
– Rahmat vaqtinggizni ajratganinggiz uchun, biz uchun bu muhim hisoblanadi – Nilufar.
– Odam o’z ishini sevib bajarayotganida men buni qo’llab quvvatlayman – Nurali aka – savollaringgizni beravering – yana shu jiddiylikda.
– Unda ijozatinggiz bilan, siz ham bu ishinggizni chin dildan sevib qilasiz, aynan shuning uchun natija o’zi ko’rinib turibdi, savolim shuki, sizni bundanda yaxshi ko’radigan ishinggiz bormi? – bu savol Nurali akaga ham noodatiy bo’lib ko’rindi, chunki ko’p intervyularda bunaqa savol bilan boshlashmagan edilar.
– Ha bor, har kuni qiladigan bir muhim ishim bor, uni bu korxona va bizneslardan ko’ra ham yaxshi ko’raman, hamda har onini orziqib kutaman.
– Sir bo’lmasa aytsanggiz bo’ladimi?
Shu payt kotiba telefon orqali, uzur so’rab, boshqa kelsa bezovta qilmas edi, biroq oilasi kelgani uchun aytib qo’yayotganini ta’kidlagan edi. Shundan so’ng Nurali aka oilasini kutib oldi. Honaga bir ayol va ikkita bola kirib kelishdi. Ayol Nilufar bilan bir xil yoshda edi, Nilufarning chamasi bo’yicha. Yonidagi bolalar esa, bir qiz va bir o’g’il bola. Nurali akani ko’zida sezilar-sezilmas quvonch, zavq paydo bo’lgandi o’z oilasini ko’rib. Ammo uning jiddiy xarakteri o’z izini umuman yo’qotmagan edi. Nurali aka Nilufarga hammani tanishtirdi. Bolalardan qizning yoshi katta, o’g’il bola esa hali kichkina edi. Nurali akaning ayoli bolalar bu suhbatga halaqit qilishlari mumkin, degan asnoda kotibaga ularga ko’z-quloq bo’lib turishni iltimos qildi. Uning ismi Mursalina ekan. Nilufarga bu ism bir boshqacha chiroyli eshitildi. Mursalina eridan ubu narsa kerakmi yoki yo’qmi, unda biror xizmati yo’qmi, deb savol berdi. Nilufar esa hayron qolardi, kotiba bor-ku, deya o’ziga-o’zi. Shu payt birdan Nurali aka soatga qaradi va zarur ishi borligini 20 daqiqada qaytishini aytdi va uzr so’rab, turib ketdi.
Nurali aka o’rnidan turib ketar ekan, ikki ayol taraflama ixtiyoriy suhbat boshlanib ketdi. Buning boshlanishi esa Nilufardan chiqqan edi. Nilufar esa ming o’zbek bo’lsada, baribir ruscha maktab va o’quv dargohlarini bitirgani sabab, ba’zida bir xil urf-odatlarni tushunmasdan o’sgan edi. Nilufar o’zini qiziqtirgan savol bilan boshladi va so’radi, nega kotiba turganda Mursalinaning o’zi xizmatga shay turganini. Bu savolni eshitgan Mursalini sodda va beg’uborona kulgusini yashira olmay kulib yubordi. Kulishni birozdan keyin to’xtatib, javob berdi va javobi Nilufarni ham sal kulishiga olib keldi. “Shunchaki bo’ynimdagi mas’ulyatni o’z hohishim bilan qilishga harakat qilyabman”. Mursalinani javob shunday edi. Nilufar esa boshqa mentalitetda o’sgani uchun, bu javob u uchun kulguli bo’ldi. Nilufarning kulgusi tagida sal bo’lsada, bu haqiqatni tan olmaslikning soyasi borligini ko’rib, yana shirin jilmayishda davom etdi.
– Bilaman, meni gaplarim, so’zlarim siz uchun hozir kulguli, ishonib bo’lmaydigan osmono’par so’zlardaka ko’rinayotganini – Nilufar o’zining vaziyatini bilintirib qo’yganini sezdi va oqlanmoqchi bo’ldi, bunga javoban Mursalina qo’li bilan belgi berib, hammasi joyida ekanini bildirib davom etdi – lekin sizga misol tariqasida tushuntirib bersamda, siz eng yaxshi ko’radigan odaminggiz ota-onaggiz bo’lsa kerak, shundaymi? Ha shunday ekan, tasavvur qiling eng yaxshi ko’rgan insonlaringgiz bo’lgan ota-onanggizdan sovg’a oldinggiz, bu sovg’ani siz ahlatga tashlamaysiz, uloqtirmaysiz har qayoqqa, ota-onanggiz e’tiborining isboti bo’lgan bu narsani qadrlab, avaylab asraysiz, shundaymi? Fikrim to’g’riligidan hursandman, ana endi qarang, men ham yaxshi ko’rganim Allohdan har kuni har xil sovg’a olaman va bu sovg’alarni son-sanog’iga yetib bo’lmaydi. Asosiy sovg’alarim esa turmush o’rtog’im va farzandlarim. Xo’sh nega endi men, o’zim yaxshi ko’rgan Zotdan menga berilgan sovg’alarni har yoqqa uloqtirishim kerak, ahlatga otishim kerak, nega endi asrab-avaylab, qadirga yetmasligim kerak, nega? – jilmayishni ketini uzmasdan tugatdi. Nilufar nima deyishni bilmas edi. Keyin bitta bahona topganday bo’ldi va “bu hammasi Islomning stereotiplari hisoblanadi… menimcha”, deb qo’ydi.
Mursalina biroz jilmayib turdi va javob qaytardi.
– Hammamiz unaqada qaysidir stereotipning asosida yashaymiz, albatta unda sizning mantiqinggizdan kelib chiqsak, siz ham qanaqadir stereotipga asoslangan holda mening stereptipimga fikr bildiryapsiz. Farqi shuki siz nazarda tutgan olamni men ham bilaman, tushunib yetganman, ammo siz men yashayotgan olamni oxirigacha anglash bir joyda tursin, shu tushunchani yoniga ham yaqinlashmagansiz – Mursalinaning jilmayishi ozgina yo’qoldi – g’arbdagi biz feministmiz, biz hohlaganimizni qilamiz, deb bong urayotganlarni qo’llarining barmoqlarini orasidan ham, men va menga o’xshagan itoatkor, oldidagi mas’ulyatni quli bo’lib yashayotganlarni qo’llarining barmoqlari orasidan ham qum changlari tushib ketyabdi. Farqi shundaki, bizlar anglab yetganmiz, nega qumni tushayotganini va uni hamma joyga sochib tashlamaymiz, aksincha ular bir barqaror joyga tushyabdi va ertaga biz qo’limiz oxiri kuchdan tolganda, o’sha qo’limiz yumshoq tushadigan joyi bo’ladi – honaning oynasidan ko’ringan bolalariga qarab qo’ydi – G’arbdagilar ham biladi shu qumlarni tushayotganini, lekin ular anglab yetmagan nima sababdanligini va qum tushayotgan ekan, demak qo’lim bitta joyda qotib qolmasin, deya qo’llarini har tomon harakatlantirib, qumni har joyga sochib tashlashadi. Oxir-oqibat o’zlari ham bilmaydi, qo’llari qayerga qulayotganini va qanday qulaganini ham. Gaplarimdan hafa bo’lmang, umid qilamanki sizga bu gaplarim bilan ozor bermadim, kechirasiz endi bolalarimdan habar olay, xo’jayinim hozir chiqib qolsalar kerak – deya Mursalina o’rnidan turib ketdi.
Nilufar nima o’ylash kerakligini bilmas edi. Mursalinaning jahli chiqqanini payqadi, aslini olganda o’zi aybdorliginiyam bilardi. O’zi birinchi itoat haqida savol berdi va “stereotip” deya uning his-tuyg’ulariga qarata tosh otdi. Hafa bo’lishga haqqi ham yo’q edi. Hozirgi onda Nilufarni ayollik hislati, yuragining qaysidir bo’lagi Mursalina gapirgan haqiqatlarni tan olayotgan edi, biroq Mursalina allaqachon payqagandaka u g’arbga mos hayotga katta bo’lgan onggi teskarisini aytayotgan edi. Bir necha daqiqa ichida u o’zini yomon his qila boshladi. Nimagadir ko’ngli sekin aynishni boshladi. Qarasa Nurali aka boshqa bir honaga kirib ketganiga endi 10 daqiqa bo’libdi. Majburlikdan borib Nurali aka kirib ketgan honani taqillatdi, hech qanaqa javob kelmadi. Eshik sal qiya ochiq turganiga boshini ichkariga kirg’azishga qaror qildi, kechirim so’rab ketishini aytish uchun. Boshini shunday kiritgan edi, yuzi o’ng tarafdan Nilufarga qaragan holda kimdir yerda o’tirar edi. Bu Nurali aka edi, u namozni tugatib duoda o’tirgan edi. Nilufar birinchi taniy olmadi, chunki bu namozda o’tirgan va boya intervyuda, korxonada yurgan kishi umuman farq qilar edi. Katta intizomli, jiddiy, go’yo tog’ni ichiga yutgan va haybati osmonlardek ko’ringan Nurali akani o’rnida, bir bechora, xuddi haybati cheksiz bo’lgan hojasini oldida quli, qo’rquvda va bir vaqtning o’zida hojasiga nisbatan ehtirom bildirib o’tirgan bir nochor odam o’tirgan edi. Nilufar o’zini yomon his qilishini ham esdan chiqarib qo’ydi yoki yomon his qilishi tugagan edi. Nilufar tushunib yetgandi Nurali akani namozdaligini, ammo tushunmagan edi, nega shunaqa katta korxona egasi, shunaqa hayoliga ham sig’maydigan daromad, mol-dunyo sohibi o’zini bunaqa his qilayotgan edi, nimaga oilasi bilanmas, nimaga namozda? Nilufar yana tushunib yetdi, Nurali akani shoshib ishim bor degani, oilasi kelishiga qaramasdan, hozir bunaqa ahvolda o’tirganiga, uning ishidan ham yaxshi ko’radigan narsasi shu namozligini. Nilufar musulmon albatta, islom dini haqidan ham habari bor, ammo bu yuzaki bilim bilan, go’yo futbol haqida bilasanmi desa, uning hayoliga odamlar to’p tepib yurish hayoliga kelgandaka edi. U ham hozir islom dinini namoz o’qish va yana ro’za tutish deb bilar edi. Lekin hozir unda savol paydo bo’ldi, shu hozir 10 daqiqa ichida uchratgan ayol va erkakdan keyin, islom o’zi nima degan? Boshini eshikdan olib, qog’oz va qalam olib, qog’ozga ketganini va intervyu uchun minnatdorlik bildirib, uzr ham so’radi, shaxsan xayrlasha olmagani uchun.
Ofisdan chiqar ekan, u yerda faqat kotiba o’tirar edi. Mursalina yo’qligini ko’rib, uning qayega ketganini so’radi. Shunda kotiba bolalari bilan Qur’onni takrorlash vaqti kelganini, ularning hayot shakli shunaqa ekanligini aytdi. Bu gap birdan Nilufarning boyagi savoliga javob bo’ldi, ya’ni islom o’zi nima degan. Ichida o’ziga aytardi, “ha, bu ularning hayot shakli, meniki esa boshqa, yo’q meni hayot shaklim boshqachaga aylangan”.
Rostan ham Nilufar ham, Nurali aka va Mursalina ham islom kemasida, ammo Nilufar kemadan suvga tushaman deyapdi, Nurali aka va Mursalina esa manzilga borganda tushamiz deyishyapdi. Buni Nilufar ishga borgandan keyin tushunib yetgandi. Nilufarni Mursalinaning sovg’a, qum haqidagi gaplari rosa ko’p o’ylantirardi, Nurali akaning namozi ham. Shunda u qo’liga telefonni oldi va kotibaga qo’ng’iroq qildi, kotibadan esa Mursalinaning telefon raqamini so’radi. Kotiba ruxsat so’rashi kerakligini, so’rab ko’rib keyin habar berishini aytdi. Bir qancha vaqt o’tdi, javob kelmadi. Birozdan so’ng sms habar kelgan edi. Uni o’qib Nilufar hursand bo’lib ketgan edi. Sms habar esa Mursalinaning o’zidan kelgan edi va u yerda shunaqa so’zlar bor edi. “Nilufar men Mursalinaman, boya ozgina qizishgandaka bo’ldim, afsusdaman, kechirasiz agar mendan bir nima o’tgan bo’lsa, islomda bandaning haqqi bir-birida qolmasligi kerak, shunga umid qilaman orada hafagarchilik qolmaydi, deb. Bu mening raqamim, nimadir bo’lsa, bemalol aloqaga chiqavering, qo’ldan kelguncha yordam beraman”.