Читать книгу Hikoyalar karvoni - Сардор Курбанов - Страница 5
Bankrodlik darajasi
ОглавлениеBitta yigit skameykada o’tirgan edi, uning yuzidan xorg’inlik ko’rinib turardi. Nigohi faqat yerga qaragan. Onda-sonda o’ziga-o’zi nimadirlarni pichirlab qo’yardi. Uning yoniga bir boshqa chol kelib o’tirdi va uning hol-ahvolini so’rashni boshladi. Boshida hech nimani eshitmagan, nimadirlarni pichirlab o’tirgan bu yigit, birozdan so’ng yonidagi cholning ovozini eshita boshladi. Pichirlashni tugatdi va yuzini yoniga kelib o’tirgan cholga qaratdi. Chol yana bir bor, bolam nima bo’ldi, deb so’radi. Keyin chol yigitning yuzi oqarib ketganini, mazasi yo’qmi va shunga o’xshash savollarni so’radi. Yigit ikkilanib turdi biroz vaqt va lablarini qimirlata boshladi. Lablarini qimirlatar ekan, chol ko’rib turardi va o’ziga o’zi hayron qolardi, bunchalik nima dard ekan bu yigitni bezovta qilayotgan, deb.
– Men… bankrod bo’ldim. Bor budumni… yo’qotdim. Hammasi… ketdi.
Chol jim eshitib o’tirardi. Lekin ko’zlari yigitning dardini tushunayotganini bildirib turardi. Chol yigitdan katta bankrod bo’ldimi, deb so’radi. Yigit esa o’z navbatida sekin dardini yoshi katta suhbatdoshdan go’yo yengillik his qilayotgandaka aytib berishga tushdi. Yigit biroz vaqt o’tib bir biznes boshlagan ekan. Anchadan beri bor to’plagan pulidan boshlagan biznesi boshida yaxshi yurishgan ekan. Ammo biroz vaqtdan so’ng kutilmagan voqealar sodir bo’lib, bu biznesi bankrodlikka uchrabdi. Azgina sukunat paydo bo’ldi. Chol birinchi gapirishni boshladi.
– Bolam nimalarni his qilayotganingni tushunib turibman. Balki ichingda bu chol nimani ham bilardi, deb o’ylarsan yoki o’zimga to’g’ridan to’g’ri gapirarsan. Ammo ishon men ham bankrod bo’lganman – yigit darxol cholga umid ko’zlari bilan qarabdi. Cholga qararkan tasavvur ham qilarkan, balki hozir shu choldan biror bir foydali maslahat olarman, deya. Chol esa uning gaplari rostligini, yigit bekorga vaqt sarflab cholni eshitmayotganini bildirish uchun bankrodlikda his-tuyg’ularni tushuntirib berishga tushib ketdi – men ham bir paytlar restoran biznes boshlaganman, 4—5 yillab yiqqan sarmoyamni shu biznesga tikdim. Biznesim rivojlandi, gullab yashnadi. Qo’lim uzoqlarga yetadigan bo’lib ketgan edi. Yigirma yillarcha biznesim yaxshi davom etdi. Biroq bir kuni boshimga, tanamga tonnalab muzdek suv quygandaka falokatla kela boshladi. Qancha harakat qilmay, biznesim qo’limdan, barmoqlarim orasidan go’yo sahro qumlari singari tushib ketdi va ularning bitta donasini ham ushlab qola olmadim. Qarasam biznes, deb juda ko’p narsalarni ko’rmagan ekanman, juda ko’p narsalarni anglamagan ekanman. O’sha payt yoshim bir joyga borib qolgan bo’lsa ham, boshqattan biznes boshlashga qaror qabul qildim. Ammo bu safar xatolarimni tushunib yetgan holda, oldin anglamagan haqiqatlarni amalda qo’llashga harakat qildim – yigitning kayfiyati sal ko’tarildi, xatto bunaqa odamning yoshi ancha joyga borib qolganida biznes boshlaganini aytganidan so’ng.
– Sir bo’lmasa, yangi biznesingiz qanday biznes hisoblanadi? – qiziquvchanlik bilan so’radi, tezda gapni bo’lib.
– U dunyoda bankrod bo’lmaslik biznesi.
– Uzr, chunmadim. Qaysi dunyoda?
– Oxiratda. Ertaga bu dunyoda yig’gan savoblarimni o’sha yerda ishlatishni hohlayman, lekin tasodifan bu dunyoda kimningdir ko’ngliga ozor bergan bo’lsam, kimningdir haqqini yegan bo’lsam, kimdandir qarzim bo’lib, mazza qilib yashab yurgan bo’lsam, o’sha sarmoyalarim, jamg’armalarim u dunyoda yetmay qolishi mumkin. Va Alloh asrasin, biroq shunaqa bo’ladigan bo’lib qolsa, unda abadiy bankrodlikga uchrayman. Chunki u yerdagi do’zox abadiydir. Shu uchun ham, iloji boricha sarmoyamni ko’paytirishim kerak va u dunyoga investitsiya qilishim kerak – chol bularni aytar ekan, uni ter bosdi. Chol havoni issiqligiga qaramay, o’zidan sovuq terni his qilardi.
– Amaki ochig’i, boshini yaxshi boshlaganinggizga davomida yaxshiroq narsani etsanggiz kerak, deb o’ylagan edim. Ammo bunaqa falsafalar hozir yuragimga sig’maydi. Uzr, yaxshi qoling – deya birdan norozilikni aks ettirib ketdi.
Chol yosh yigitning orqasidan qarab qolardi va uning yurishlarida o’zining yoshligini ko’rardi. Biroz qarab turdida, Alloh o’zi yo’l ko’rsatsin, deya shivirlab qo’ydi. Birdan bobo, deya bir yosh bolani ovozi keldi va chol tomon yugurib keldi. Yosh bola bog’ni yonida bo’lgan maktab tomondan kelardi. Bola bobosining yoniga kelib, gapira boshladi.
– Bobo, bugun 2ta yaxshi ish qildim, bittasi o’qituvchimga narsasini ko’tarishvordim, ikkinchisi esa Allohning 99ta ismini bir marta o’qib chiqdim. Bular men uchun sarmoya bo’la oladimi? – yosh bola intizorlik bilan qiziqib so’radi.
– Ha, juda yaxshi ishlar qilibsan, o’zimni aqlli nevaramga unda uyda sovg’a berish kerak ekan – deya shirin jilmayib gapirdi chol va o’rnidan turdi, nevarasi bilan birga yo’lga tushdi.
Bir zumlik uzoq yillar
Abduhakim 40 yoshlarga borib qolgan, sochlariga oq tushayotgan bir er, ota va korxona ishchisi edi. U o’zini shunaqa tasvirlash bilan ovora bo’lib qolgan edi, ayniqsa shu oxirgi yillarda. U go’yo muzlikni qazib, katta bir aysbergga duch kelishini bilib turgandaka edi. Sababi shundaki, unda bunaqa o’tgan umrini sarhisob qilish odati yo’q edi. Abduhakim uchun shuning o’zi bir signal edi. Ishga borar, ishdan ko’ngli to’lmaydi, uyga borar, uyda ko’ngli yorimaydi. O’qishga va ishga berilgani uchun, kech uylangani sabab bolalari ham hali yosh edi, bitta o’g’il va bitta qiz. O’g’li 8 yosh, qizi esa 5 yosh. Bir kun u do’stlari bilan choyxona gaplashib qo’yishgan edi va shu choyxonaga ketdi. U yerga vaqtliroq borishni hohladi va shunday qildi ham. U yerga borib, undanda vaqtli kelgan do’stini uchratdi. Bu do’sti ancha yillar oldin boshqa chet davlatiga ketgan edi va kutilmagan sovg’a qilish uchun, birga yig’ilib keladigan do’stlarimga deya vaqtli kelgan edi. Uning ismi Abdulloh edi. Bir-birini ancha oldin ko’rgan va ancha yillardan beri ko’rmasdan, endi uchratgan do’stlar hursand bo’lib ketishdi va mehrla quchoqlashib, hushchaqchaq ko’rishishdi. Abduhakim bir oz hursand bo’lsada, lekin uning holati Abdullohga ochiq ko’rindi. Abdulloh uni nima bezovta qilayotganini so’ragan edi, birdan qolgan do’stlar ham keldi.
Choyxonada esa hamma birinchi Abdullohni eshitishga o’tdi. Abdulloh yillar davomida Misrda yashab u yerda bir mashhur universitetlardan birida dars berib, shogirdlar chiqarib, kitoblar chiqarib yurganligini, endi bu yerga qaytib bu vataniga ham xizmat qilishni qaror qilganini aytdi. Shunda boshqa do’stlari ham bu yerda nimalarga erishishganini birinma ketin so’zlab berishdi, kimdir biznesda, kimdir o’z ishida, kimdir san’atda yutuqlarga erishganini eslab o’tdi. Abduhakim esa ich-ichidan nimalarga erishganini o’zi bilmas va buni tashqariga ham chiqara olmas edi. Bir qancha yaxshi lahzalarga boy bu yig’ilish ham tugadi va Abduhakim hayolga to’lib mashina tomon borayotgan edi. Abdulloh uni to’xtatib, uyiga olib borib qo’yishini iltimos qildi. Abduhakim ham muommomas, deya rozi bo’ldi.
Yo’lda suhbat boshlanishiga Abdulloh sababchi bo’ldi. U yana Abduhakimdan so’radi, uni nima bezovta qilayotganini? Abduhakim mashina chambaragini boshqarishda davom etarkan, aytish yoki aytmaslikni o’ylar edi. Bir qancha fursatdan so’ng, o’zi hohlamagan holda, mashinani chetga oldi va ichidagi so’zlarni tashqariga chiqarib yubordi. “Gap shundaki, yillar o’tdi, lekin umrimdan ko’nglim to’lmadi. Bilmadim, nega bunaqa o’ylayapman, ammo oilamdagilar joyida, ishim joyida, lekin bilmadim nega bunaqa? Boya yig’ilishda hamma o’zining ko’ngli to’lib erishgan narsasini gapirib berdi, ammo menchi? Men nimaga erishdim? Umrim go’yo haqiqatsiz o’tdi, men esa umrimni haqiqat bilan o’tishini afzal ko’raman, lekin qanday erishaman u haqiqatga, qanday?”
Abdulloh bir pas jim turdida, nimadirni eslagandaka bo’ldi va shuni gapirishni boshladi. “Esingdami Abduhakim, Misrga ketishimdan oldin, senga bir-nechta kitoblar tashlab ketgan edim. Ketganimdan so’ng ularni o’qidingmi? Senga yoqganmidi?” Abduhakim esa nima deyishni bilmadi, sababi esa u o’sha kitobni esladi, ammo uni ochib ham qaramagan edi. Abduhakimning bunaqa o’zini tutishini payqagan Abdulloh esa jilmayib, tushunarli, deya qo’ydi. “Endi esa do’stim so’zlarimni qattiq olma yuragingga, garchi men hech qanaqa g’araz niyatsiz bularni so’zlamoqchiman. Umrim haqiqatsiz deyayapsan, ammo Alloh senga do’sting orqali bergan shu haqiqatlarga to’la qo’lyozmalarni tashlab ketganida ularni ochib ham qaramagansan. Chunki u kitoblardan bittasi Qur’onning o’zbekcha tarjimasi, bittasi esa Imom al-Buxoriy hadislari kitoblar edi. Senga haqiqatlardan eng a’lolari qoldirilgan edi. Biroq haqiqatni o’zingdan o’zing uzoqlashtirgansanku. Do’stlarim nimadirlarga erishdi, deb o’ylama. Inson Alloh unga nimani bergan bo’lsa, faqat shuni qo’lga kiritadi. Ularning shunchaki harakatlariga yarasha erishgani shu narsalar bo’ldi. Sen esa yana takroran aytaman, hech nimaga erishmagandirsan hozircha, ha hozircha. Sabab esa talpinish kerak, intilish kerak, shundagina Alloh tarafdan marhamatni sezasan, tushunyapsanmi do’stim.?” Abduhakim bir qancha daqiqa mashinani o’t oldirmasdan gaplarni o’yladi. Birozdan keyin mashinanini o’t oldirdi va do’stini uyiga jimlikda eltib qo’yib, uning so’zlari uchun rahmat aytdi.
Ertasi kuni Abduhakim o’sha do’sti bir paytlar qoldirib ketgan kitoblarni qidirishga tushib ketdi. Abduhakim o’sha kechasi o’zi tuzukroq ham uhlamagan edi. Chunki u kechasi bilan uyqu kelmagandan keyin oshxonaga chiqib choy ustida Abdulloh bilan bo’lgan suhbatni boshida aylantirayotgan edi. Kitoblarni topdi, yaxshiyamki bir oq matolarga o’ralib, teparoqda qo’yilgan ekan. Bugun dam olish kuni bo’lgani yaxshi bo’lgan edi. Kitoblarni qidirishdan oldin tahorat qilishga qaror qilganiga hursand bo’lgan Abduhakim kitoblar o’sha honadan chiqmasdan, ochib mutolaa qilishga qaror qildi. Qur’on kitobining tarjimasini ocharkan, kitobning ichidan uning ko’ziga qanaqadir nur urilgandaka bo’ldi. Go’yoki, nur taralar edi kitobdan.
Kun yakuniga ketib qolgan edi. Abduhakim honadan chiqdi va negadir har kungi yuzidagi qayg’uning o’rnini bir ajib nur egallagandaka edi. Eshikning qo’ng’irog’i chalindi. Borib ochib qarasa Abdulloh. Hayron qolgan Abduhakim ichkariga Abdullohni taklif qildi. Keyin esa Abdulloh kecha qattiq gapirib yuborgan bo’lsa, uzr so’rab kelganini aytdi. Abduhakim esa kulib hammasi yaxshiligini va aynan shu so’zlar unga kerakligini, va nihoyat kitoblarni ochib, ular bilan tanishganini aytdi. Abduhakim Abdullohni ichkariga choy ichishga, ovqatlanishga taklif qildi. Abdulloh ham bajonidil taklifni qabul qildi. Xontaxta atrofida ular o’tirishar ekan, Abduhakimning o’g’li keldi va dadasiga savol bermoqchi bo’ldi. Abduhakim mehmonga birinchi salom berish kerakligini aytib, keyin savolni aytishini so’radi. O’g’li esa, “dada jannatda inson butun umr qolsa, zerikib ketmaydimi?” Abduhakim o’g’li bu savolni qayerdan olganiga qiziqdi. Abdulloh esa beg’uborona savolga beg’uborcha kulib qo’ydi. Abduhakimning o’g’li esa, do’sti jannat haqida gapirib berganda, bu savol paydo bo’lganini aytdi. Abduhakim nima deb javob berishni o’ylab turganida, Abdulloh o’zi shu savolga javob berishga harakat qilsa bo’ladimi, deya ruxsat so’radi. Abduhakim esa do’stidan minnatdor bo’ldi, chunki uning bu narsaga javob berishga yetarli darajada bilimi yo’q edi va buni o’zi ham bilar edi.
“O’g’lim isming nima, meni ismim Abdulloh. Saidali, juda chiroyli ism ekan. Qara endi seni savolingga qaytamiz. Jannatda zerikish, degan narsa bo’lmaydi. Chunki jannatda ko’z ko’rib, quloq eshitmagan, aql tasavvur qila olmaydigan narsalar bo’ladi, bizga ma’lum bo’lgan ozgina ma’lumotlardan tashqari. Misol tariqasida qara, sen nimani yaxshi ko’rasan?” Saidali, “ko’chada do’stlarim bilan o’ynash va ular bilan suzishga borish”. Abdulloh, “endi qara, bu narsalardan sen qachondir zerikkanmisan?” Saidali “yo’q”. Abdulloh, “ko’rdingmi, o’zing yoqtirgan narsadan zerikmaysan, u yerda ham shunday bo’ladi Insha’Alloh. U yerda sen yoqtirgan narsalar bo’ladi va yaxshi inson bo’lsang, eng katta mukofot Allohning roziligi va chehrasini ko’rish nasib qiladi.” Saidali yosh bolalarcha qiziqish bilan, nimasi eng katta mukofot buni, deya so’radi. Abdulloh, “qara Saidali, sen dadangni va onangni yaxshi ko’rasan shunaqami, chunki ular ham seni yaxshi ko’radi, asosiysi sen ularga qarab zerikmaysan va ularning sen bilan o’tkazgan vaqti sen uchun hursandchilik payti hisoblanadi, jahllarini chiqarsang hafa bo’lishing mumkin, aqlli bola bo’lsang, sendan rozi bo’lishadi va yana sen ham hursand bo’lishing mumkin, shunaqami?” Saidali, “shunaqa”. Abdulloh, “endi esa bir o’ylab qara, olamlar Robbi, meni, seni, ota-onangni, hammani va hamma narsani yaratgan, bizga mehribonchilik qilgan Zot, Rahimdil, Marhamatli Alloh taoloni ham senga hursand bo’lib, senga vaqt ajratishi, sendan rozi bo’lishi, bu ajoyibmasmi. Yoki tasavvur qil, sen chanqaganingda yoki qorning ochligida qorningga siqquncha ichasan va yeysan, shunaqami? Endi Allohning husni shunaqa bir chiroyliki, shunaqa bir ajoyibki, shunaqa bir fayzliki, u payt sen go’yo qorningga qancha ovqat yesang ham to’ymaydigan qorning yoki qancha suv ichsang ham, go’yo chanqog’ing bosilmagan va yana va yana suv ichging kelgandaka bo’ladi. Chunki u ichayotgan suving yoki yeyotgan ovqating, qorningni to’ydiradigan emas, aksincha qorningni o’sha suv va ovqatga naqadar ehtiyoji borligini bildiradigan bir ajib narsa bo’lib xizmat qiladi go’yo. Balki hozir meni tushuntirganlarimni tushunmassan, balki men noto’g’ri misollar keltirgandirman, lekin ozgina vaqt bersang sen ham bu narsalarni tushunib yetasan Insha’Alloh.” Saidali, “yo’q, tushunganday bo’ldim, faqat boshqa savolim bor edi, yaxshi bo’lish uchun nima qilishim kerak?” Bu savolni eshitgan Abdulloh hursand bo’ldi, rostan ham ozgina bo’lsada tushuntira olganligidan.
Bu payt esa Abduhakim do’stining bu gaplarini eshitib, hayron qolayotgan edi. Do’stining donoligidan emas, aksincha 20 yillik umrini shu haqiqatlarni tushunmasdan o’tkazganiga va o’tkazib kelayotganiga edi. Abduhakim qilishim kerak bo’lgan ishlar ko’p ekan, deya Abdullohni tinglashda davom etardi. Shu payt Abdulloh soatga qaradi va shom payti bo’lib qolibdiku, dedi. “Yaxshi bo’lishning qoidalaridan biri, namozlarni vaqtida o’qishdir. Chunki bu intizomli qilib berilgan qilinishi kerak bo’lgan ishlarimizdandir, shunga kettikmi?”, dedi Abdulloh. Abduhakim va uning o’g’li Saidali birgalikda namoz tomon qadam tashlayotgan edilar. Abduhakim esa, yillar davomidagi haqiqatni topganidan ko’ngli to’lgan va hayot davomida bu haqiqatni boshqa bir parchalarini ham anglab yetishi kerakligini bilib, qanaqadir umidning nurini ko’rgandaka edi.
Bo’yinga osilgan marhamat yoki lan’at
Abduqahhor 12 yoshda edi. U aptekaga dori sotib olishga kirgan edi. Aptekachi unga dorilarni hisoblab berdi. Hisobni eshitgan bola qo’lidagi pulga qaradi va pulim yetmas ekan, deya chiqib ketmoqchi bo’lib endi orqasiga o’girilaman degandi. Orqadan bir ovoz kelib qoldi. Mana men to’lavoraman shu bola uchun, agar bolani o’zi rozi bo’lsa. Bola nima qilishni ham, nima deyishni ham bilmadi. Shunchaki minnatdorchilik bildirdi. Dorini oldi va uyiga qaytdi. U bunaqa vaziyatga hali tushmagan edi. Qanaqadir bu harakatda, ya’ni begonaning u uchun pul to’lashga yordam berib yuborganida qandaydir yaxshi narsani ko’rdi.
Abduqahhor uyiga yetib keldi va xursand tarzda dorini buvisiga berdi. Buvisi nevarasining dori olib kelganini ko’rib ko’zlari chaqnab ketdi. Chunki anchadan beri bu yoshi bir joyga borib qolgan ayolning oyog’i bezovta qilar edi. Pensiyasidan ishlatay desa, nevarasiga va ro’zg’orga ishlatishi kerak. Nevarasi esa o’sha buvisi unga cho’ntak pul qilib bergan pullarni yig’ib, dori sotib olishni niyat qilibdi. Buvisi taxminan hisoblab ko’rdi va savol berdi, shu yig’ilgan pullar doriga yetdimi, deya. Abduqahhor yetmaganini, unga bir noma’lum bir kishi o’shancha pul qo’shvordi, deb rostini aytib berdi. Yana bu hodisaga hayron qolganini, shunaqa begona odam boshqa tanimagan odamiga shundayligicha yordam berishini ko’rib taajjublanganini aytdi. Buvisi esa jilmayib, unda u kishining nomiga duo qilib qo’yish kerak, dedi. Nevarasi, hop, deya javob berdi. Buvisi keyin yana so’z ochdi.
– Sen musobaqada g’olib chiqqaning esingdami, adashmasam o’tgan oy bo’luvdi – buvisi gapirdi va nevarasi ha, deb javob berdi – O’sha on esingdami, shohsupada turganingda g’oliblik medalini bo’yningga osib qo’yishgandi – nevarasi ha, deb javob berdi – chunki sen g’olib bo’lgan eding va taqdirlanishing kerak edi. Bo’yningga esa medal osishlari shu g’olib bo’lganing va taqdirlanishingni ko’rsatadi. Bugun shu senga pul qo’shib turgan odamning ham, seni ham bo’yningga medal osib qo’yildi. Ha, balki so’rarsan, men ko’rmadimu bu medalni yoki qani o’sha medal, deb. Ammo u medal bu dunyoda ko’rinmaydi. Uni faqat oxiratda hisoblashadi. Kimda qancha medal yig’ilganini. Oxirat nimaligini tushuntirib bergan edim-ku esingdami? Esingda bo’lsa yaxshi, demak gaplarimni tushunasan. Asosiysi seni bo’yningga va u kishini bo’yniga, ishonamanki, marhamat, rahm-shafqat, savob medali osildi. Zinxor va zinxor lan’at, g’azab, gunoh medallarini osishga, ostirishga harakat qilma. Bu yomon medallardan saqlanish uchun senga imkon har doim berilgan. Xuddi musobaqada o’z ixlosli harakating bilan, tayyorlanganing bilan yutgandaka, bu yerda ham ixlosni, tayyorlanishni boshqa tarafga yo’naltir. Va undanam asosiysi shuki, bu qaysidir odam tarafdan emas, Alloh tomondan osilgan medaldir. Iloji boricha, shunaqa champion bola bo’lib yurishga harakat qil – deya buvisi shirin jilmayib, gapini tugatdi.