Читать книгу Hikoyalar karvoni - Сардор Курбанов - Страница 8
Chegara
ОглавлениеHammasi bir kun ichida bo’ladi.
Ertalab soat 10:00 lar edi chamasi. Jamshid quyoshdan panaga tezroq o’tishni o’ylab kassa tomon yurayotgan edi. Soyaga yaqinlashishi bilan kassani ham ko’rdi va nihoyat binoni aylanib maqsadiga yetishganini bildi. Kassaning oldiga bordi va kassada o’tirgan ayoldan yigirma beshinchi sanada bo’ladigan muz ustidagi balet shousi bor ekanmi, shunga chipta bormidi, deya so’radi. Kassadagi ayol beparvolik bilan, joylar ko’pligini, qaysi joydan kerakligini so’radi. Yigit qo’liga telefonni oldi va uchta joyni ko’rsata boshladi. Kassadagi ayol yana beparvolik bilan, har bitta chiptaning narxi bir milliom so’m ekanini aytdi. Jamshid cho’ntagidan pulni chiqarib berdi va kassadagi ayolga berdi, u esa o’z navbatida pulni hisoblab, to’g’riligini aytdi va chiptalarni Jamshidga berdi. Nechchilarga kelish ikir-chikirini so’ragandan keyin Jamshid ketdi va katta yo’lga chiqib taksi mashinasini to’xtatdi.
Bir necha daqiqadan keyin bitta mashina to’xtadi va salom-alik qilinib, narxi kelishilgandan keyin Jamshid mashinaga o’tirdi va mashina yurishga tushib ketdi. Haydovchi ozgina soqolini o’stirgan, o’zini qo’lga olgan, bir jiddiyroq yigit edi.
– Aka, tasavvur qila olasmi, shu uchtagina chipta 3 000 000 so’m turadi. Boshlig’im shu uchtagina biletga shu pulni ketkazdi. Kimdirning bir oyligi hisoblanadiya – Jamshid gap boshladi.
– Nimani chiptasi ekan o’zi? – haydovchi.
– Muz ustidagi balet, shu boshliq ishxonadagilar bilan baletning ishqibozi ekan – Jamshid. Haydovchi birdan o’zgardi.
– Aka, uzur, shu chetda qoldirib ketsam bo’ladimi? Pul kerakmas, rozi bo’laman.
– Nimaga? Tinchlikmi?
– Ochig’i bu narsani orasida vositachi bo’lib qolgim yo’q – dadil gapirdi haydovchi.
– Nimani?
– Shu muzli baletni – haydovchi. Jamshid birdan tushunib yetdi.
– Aa, tushundim, bo’ldi. Mendan nechi pul bo’ladi?