Читать книгу Hikoyalar karvoni - Сардор Курбанов - Страница 6
Bo’shliqsiz hayot
ОглавлениеMaktab honalaridan birida dars bo’layotgan edi. Honada esa 4-sinf o’quvchilari o’tirgan edi. Ular o’qituvchining doskada narsalarni yozishini kutishayotgan edi. Birozdan so’ng o’qituvchi yozib tugatgan edi va o’quvchilar doskaga qarashdi. Doskada esa “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuv turardi. O’qitvuchi gapini boshladi.
– Aziz o’quvchilarim – deya quvnoqlik ovozi bilan o’qituvchi so’zini boshladi, bolalarga hursandchilik tarzida dars o’tishi boshlanib turardi – kecha sizlarning matematika bo’yicha uyga vazifa qilib berilgan misollaringgizni tekshirib bo’lib, biroz ilmiy-hujjatli film tomosha qildim. Kinoning ismi esimda yo’q, biroq kimga qiziq bo’lsa bilib berishga harakat qilaman. Xullas, u yerda inson onggida bo’shliq bo’lsa, yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi haqida aytib o’tgan, ya’ni noto’g’ri yoki teskari ma’lumotmi va hokozolar. Qaranglar, buni tushuntirishdan oldin bir savolim bor – dedi va qo’liga bitta qog’oz oldi va bu to’la-to’kis qanaqa rangdaligini so’radi.
Hamma birdan, men birinchi javob beray, degan shoshilinchda oq, deya shoshib javob berishdi. O’qituvchi esa, yo’q bu qog’ozning qora ranggi ham bor, deya javob berdi. O’quvchilar esa e’tiroz eta uni hamma joyi oq, deb turib olishdi. O’qituvchi ham qora ranggi bor, deb bir ikki marta qaytardi. Oxiri o’qituvchi qo’lidagi qog’ozni o’girdi va o’quvchilarga qora tomonini ko’rsatdi va o’quvchilar jim bo’lib qolishdi. Shunda o’qituvchi yana gapirishni boshladi.
– Ko’ryapsizlarmi bo’shliq nimadan kelib chiqyabdi. Vaziyatni to’la-to’kisligicha ko’rmaganumizcha aniq javob bermaslik kerak. Men bilib turibman oldi oqligini va lekin yana qo’shimcha qilib ham aytib turibman, qorasi borligini. Sizlar esa vaziyatning bu tarafini ko’rishni hohlamayapsizlar va ko’rmayapsizlar. Xullas, kechagi hujjatli filmda ham hozirda ko’p odamlarda shu ma’lumot tarafdan, o’rganish tarafdan, izlanish tarafdan bo’shliq borligini aytib o’tishgan va bunaqa odamlarning foizi, bo’shliqi bo’lmagan odamlarning foizidan ancha yuqori ekan. Shunga darsdan oldin, shu foydali ma’lumotni sizlar bilan bahamlashib ketsam, balki foydasi tegib qolar, degan umidda kecha shu qog’ozlarni tayyorlab qo’ygan edim. Sizlarga yoqqan bo’lsa, biror bir narsa o’rgangan bo’lsanglar hursand bo’laman va bugungi dars mavzusini boshlaymiz – deya bu mavzuni yakunladi va darsni boshladi.
Bularni barchasini kuzatib, eshitib o’tirishgan Hasan va Husan doskadagi “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuvga qarab o’tirishardi. Keyin bir-biriga qarab qo’yishdi va jilmayishdi.
Hasan va Husan uyga kelishdi. Chopib borib bitta qog’ozni olishdi, uni oq va qora rangga bo’yashdi. Keyin uydagi hammada shunaqa tajriba o’tqizib ko’rishdi. Dadasi ham, oyisi ham, opasi ham, maktab o’quvchilari bilan birga nima deyishgan bo’lsa, bular ham shunaqa javob berishardi. Keyin esa ular o’zlarini aqlli ko’rsatgandaka, qog’ozni o’girib o’zlaridan yoshi kattalarni adashganini ko’rsatishardi. Bu tuyg’u ularga bir tarafdan hursandchilik hisini bersa, ikkinchi tarafdan esa butun suratni ko’rish naqadar muhimligini tushunib yetishardi.
Ular bobosini ham sinab ko’rishmoqchi bo’lishdi va shu maqsadda bobosining honasiga chiqishdi. Bobosi namozini tugatib, endi joynamozni yig’ishtirib turgan ekan. Bobosiga savolni berishdi va bobosi shoshib javob bermadi. U sekin donolardek jilmayib qo’ydi va qog’ozning orqasini ham ko’rsatishlarini so’radi. Albatta, bunday javob kutmagan Hasan va Husan dovdirab qolishdi va nima qilishni bilmay, qog’ozni o’girishdi. Bobosi oldi oq, orqasi qora ekan, deya javob berdi va nevaralariga qarab jilmayib turdi. Nevaralari bobosi bu usulni bilarmidi, deb savol berishgandi, bobosi bilmasligini aytdi. Qanday qilib buni bilgan bobosiga, egizaklar hayron tarzda qarab turishardi. Bobosi esa bir hikoyani aytib bermoqchi bo’libdi.
– Tag’in bilmadim kim haqida, ammo payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrlaridan bo’lgan bir ulamo haqida edi bu voqea va quyidagicha bo’lgan ekan. Bir kun o’sha ulamo bir shahardan boshqa shaharga safar qilgan ekanlar. Safar ham ayni ro’za paytiga to’g’ri kelib qolibdi, mezbon shahar odamlari charchoq va qiynalish nimaligini bilmay ulamoni shunchalik hurmat qilganlaridan juda yaxshi kayfiyatda, quchoq ochib kutib olishga qaror qilishibdi va shahar tashqarisiga ham chiqib poylab turishgan ekan. Buni uzoqdan ko’rgan ulamo, tuyada o’tirgan joylaridan va qopdan bir parcha non olib, uni tishlab, yutib yuborganlar. Buni kuzatib turgan ko’pchilik odamlar, shunday odam ro’za tutmasdan, uyalmasdan non yeb kelishini qaranglar, deya orqasiga qaytib ketishgan ekan – bobosini shu gapini tugatmasdan darhol o’zlarini gapini gapirishdi.
– Rostan ham ro’zada nega ro’za tutmagan, bu farz ediku – dedi Hasan.
– Yaxshi ish qilmabdilar, ha farz – dedi Husan.
– Shoshmanglar, nega bunaqa shoshasizlar, axir sizlar o’zlaring odamlarni keng fikrlashga o’rgatmayapsizlarmi? – deya jilmayib, shirin gapirib qo’ydi bobosi – gap shundaki, yo’ldagi odamga, musofir bo’lgan odamga ro’za tutish farz emas, keyin qazosini qilsa ham bo’ladi, chunki islom dini, shariat bunga ruxsat bergan. Aslida keyin aniqlanishiga qaraganda, shariatning bu qoidasiga qaramay o’sha ulamo ham ro’za tutgan ekanlar, ammo kibrga, g’ururga, nafsga berilib ketmaslik, bu yomon narsalarni yonlariga yaqinlashtirmaslik uchun, deya shu ishni, ya’ni non yeyishni qilishga majbur bo’libdilar. Boshqa insonlar esa shariatda bunaqa narsalar borligini, kimdir shoshqaloqligidan, kimdir esa bilimida bo’shliqlik borligidan tez qaror qilishibdi. Endi sizlarga savol, bu hikoyadan nimani xulosa qildingiz bolalarim? – bobosi ularga qarab qolibdi, ular esa bu savol berilganiga qarab, kerak narsani tushunishmaganini aytishdi – bu juda go’zal voqea bolalarim. Bu yerda ham islom dinining naqadar adolatli, go’zal ekanini bilsa bo’ladi, chunki bir yomon narsaga yo’l qo’ymaslik uchun bandaga qaysidir qoidasini buzib turishi, shariatning o’zini doirasida qoidani o’zgartirish mumkinligi imkoni berilganligini xulosasi bor. Insonga shoshqaloq bo’lmaslik kerakligi xulosasi ham bor, shoshib qo’yib tez qaror chiqarishadi ba’zida. Va, bu shoshqaloqlik bilan bog’liq bo’lgan bo’shliq xulosasi ham bor. Ko’p hollarda insonlar bilimdan bo’shliq nuqtalari bo’lib, shoshib qaror chiqarishadi, xulosa qilishadi. Xuddi hozir, sizlar ham qilgandek. Shoshqaloqlik shaytondandir, shuni ham esda tutinglar – bobosini yoniga o’g’li, ya’ni Hasan va Husanni dadasi kelibdi va suhbatni bo’lib, bir nimalarni so’rabdi.
Ular esa shu joylaridan qo’zg’alib, honalariga borishibdi va bu hikoyani eshitib, nimalarni his qilganlarini, nima fikrlarni egalari bo’lishganini bir-birlariga bahamlashishibdi. Bu fikr va hislar esa, ikkalasi ham go’yo ichlarida juda ko’p savollarga javob bo’la oladigan, muhim bir kalitni topishganday bo’lishgan edi. Boshida o’qituvchi bu haqiqatning uchqunini ko’rsatganda ular bunga uncha e’tibor berishmagan edi, ammo hozir bu haqiqat uchquni ikkinchi marta ularga uchragandan keyin, bu uchqun olovga aylangan edi. Bo’shliqni tushunib yetishdanam avval, islom dini hayot tarzi ekanini, unda bunaqa go’zal narsalarga go’zal ko’rinishda ruxsat etilganini tushunib yetishibdi. Yana qaror ham qilishibdi, bilimni ko’paytirishga va iloji boricha o’zlarini bo’shliq to’la hayotda qoldirmaslikka. Buning uchun esa hayot tarzi qilib berilgan qoidalarni, ya’ni islom dinini tushunib olish kerakligi va ularni shunchaki yod olish emas, aksincha aslini anglab yetib, hayot davomiyligida qo’llash kerakligini tushunib yetishibdi.