Читать книгу Hikoyalar karvoni - Сардор Курбанов - Страница 7
Boshliqning buyrug’i
ОглавлениеMunisa maktab darslik honasida o’tirgan edi. Uning dugonalaridan biri bo’lgan Nafosat keldi va nega tanaffusda boshqalarga qo’shilmayotganini so’ragan edi. Munisa qo’lidagi kitobni oldida old tomonini Nafosatga ko’rsatdi. Nafosat esa kitobning yozuviga e’tibor bermadi va kitobga nima aloqasi bor, deya savol berdi. Munisa keyin javob berdi, “Buvim kundalik hayotimni reja qilib tuzib berganlar, bu hafta shu kitobimni tugatishim kerak va buvimga uning mohiyatini tushuntirib berishim kerak”. Nafosat esa, ular atigi 12 yoshliklarini, hali kitob o’qishga imkon bo’lishini gapirgan edi, Munisa bugun sukunat bilan javob berib qo’yaqoldi. Nafosat ichidan o’ylar edi, hozir shu kitoblarni o’qib nima topadi? Hazina yashiringanmi shu kitoblarda? Nega yoshi kattalar kitob o’qishni ta’kidlashadi?
Munisa maktabdan qaytayotgan edi. Nafosat ham shu yo’ldan qaytayotgan edi, chunki Munisa va Nafosat bir-biriga qo’shni mahallada turishardi. Nafosat Munisaning oldiga yugurib bordi va nimaga shuncha kitobga berilayotganini sababini so’radi. Shu yo’sinda, bu savol negadir uni tinch qo’ymayotganini aytdi. Munisa esa kulib, buvisi reja qilib berganini aytdi. Bunga esa Nafosat javoban, to’g’riligini aytdi, ammo Munisaning o’zi ham bunga qarshimasligini, yuz ifodalari bu buyruqni, bu rejani qabul qilganini aytib turganini aytdi. Munisa buni ham tasdiqladi va bosh silkidi. Keyin qarasa Nafosatning sport oyoq kiyimini ipi yechilib ketibdi. Munisa unga hech nima demasdan, o’zi yerga egildi va ipni bog’lashga tushib ketdi. Nafosat, “hozir oldingga yugurib kelganimda yechilib ketgan bo’lsa kerak, menga aytsang bo’lardiku, o’zim bog’lab olardim”, deb qo’ydi. Munisa esa, “hammamiz muslimamiz va opa-singilmiz, bir-birimizga yordam bersak biror joyimiz kamayib qolmaydi, buvim shunaqa deydilar”, dedi. Nafosat bu gapni eshitdiyu, go’yo unga bu gapni yoshi katta bir odam so’zlagandaka bo’lib qoldi. U bunga nima, deb javob qaytarishni ham bilmadi, shunchaki rahmat, deb qo’ydi.
Ertasi kuni yana maktab va oshxonada ovqatlanib o’tiribdi. Oshxonada 4—5 ta qiz bo’lib Munisa va Nafosat o’tirishibdi. Suhbat davomida hamma hohlagancha gapirayotgan edi, Nafosat qaysidir bolaning bir yomon ishini yomonlab aytib berishni boshladi. Munisa amin qildi va to’yganini aytib, qizlarga rahmat va uzr, deb turib ketdi. Nafosat bunga hayron qoldi. Biroz o’tgandan so’ng, Munisa Nafosatni holi joyga chaqirdi va haligi odatini boshqa qaytarmaslikni so’radi, bu so’rashi esa Nafosatni o’ylab aytayotganini bildirdi, qolganlarni oldida aytmaslik uchun, o’zini chaqirib yakka ahvolda aytishni qaror qilganini ham aytdi. Nafosat esa, hop tushundim, demasdan, nega unaqa qilishim kerak, deya so’radi. Munisa esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, dedi. Nafosat tushunmaganini ochiq oydin bildirib, savolli tarzda qaradi va so’radi, bularning hozirga nima aloqasi borligini. Munisa esa bunga javoban, bir kun tushunib yetarsan, dedi va hayrlashib ketdi.
Oradan yillar o’tdi va maktab bitiruv kuni.
Munisa va Nafosat ham katta qiz bo’lib qolishgan, ikkalasi ham ancha yetilgan. Nafosat oldingiga qaraganda ancha oq va qorani tushunib yetadigan bo’lgan edi. Nafosat Munisaning oldiga keldi va bir necha yillar oldin, unga gapirgan gapini hali ham tushunmaganini, lekin Munisa bir kun tushunib yetarsan, deb aytganini aytdi. Munisa hayron qolib, qaysi gap ekanini so’radi. Nafosat esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, degan so’zlarni qaytardi. Munisa biroz o’ylanib turdida, buni qachon aytganini so’radi. Shunda Nafosat bo’lgan voqeani aytib berdi va Munisa o’zi hohlar-hohlamas jilmayib yubordi va o’sha kundan keyin yana kelsa bo’lardi-ku, deb izoh berib qo’ydi. Nafosat esa, bu savol judayam uni qiynamaganini, shunga vaqti kelsa balki o’zi tushunib qolar, deb o’ylaganini gapirdi. Shunda Munisa tushuntirishga kirishdi, “qara Nafosat, biz hozir mana maktabni ham bitiryapmiz, sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Vaziyatga qara, biz maktab o’quvchilarimiz, bizning o’qituvchimiz bor, u qanaqa darsni bersa, shu darsni o’rganamiz, tavsiya qilmaganini esa umuman e’tiborga olmaymiz. Aytilgan dars va uyga vazifadan baho olamiz, aytilmaganidan esa baho olmaymiz. Bajarilgan vazifalardan esa bajarish sifatiga qarab baho olamiz. Kimdir uyga vazifani 2 lik qilib bajaradi va 2 baho oladi, kimdir 3 lik baho va kimdir esa 4 lik baho oladi va hokozo. Ammo eng yaxshi tartibda qilingani 5 oladi. Demak shundan kelib chiqadiki, o’qituvchining aytgan buyruqlarini bajarish kerak, farqi yo’q bu buyruqni men yetkazamanmi yoki boshqa, hammasini bajarish kerak va nuqta, shundagina biz yaxshi baho olamiz va keying darajaga o’tamiz, aks holda yomon baho olib, keyingi darajaga o’tmaymiz”. Nafosat tushungandaka bo’lgan edi, biroq yuz ifodasida ikkilanish soyasi bordek ko’rindi. Shunda Munisa misolni boshqa tarafdan ko’rsatdi. “Agar adashmasam bir-ikki kun oldin, dadangni bizneslari, ishlab chiqaradigan korxonalari bor, deb aytgan eding, shunaqami? Shunaqa bo’lsa unda qara, ularning qo’lida 50 ta odam ishlasa, shulardan dadang korxona direktori, 50 ta odamlarning boshlig’i, agar dadang qaysidir ishchisiga bu ishni qil desa, o’sha ishchi qiladi, chunki dadang boshliq va oylik beradi. Agar dadang yana o’ng qo’l hisoblangan ishchisi orqali biror buyruq bersalar ham, o’sha ishchilar qiladi, chunki bu buyruq seni dadangdan, ya’ni boshliqdan kelyapdi. Bu degani esa, boshliq bor degani, garchi uni o’zi ko’rinmasa ham, degani. Bu degani uning buyruqlarini bajarish kerak, degani, endi tushundingmi shuni?”. Nafosat ha, deb javob berdi. Munisa esa yana jilmayib va hazillashib va nihoyat ana endi katta qizga mag’zini ham tushuntirsam bo’ladi, deb qo’ydi, Nafosat esa go’yo hafa bo’lgandaka bore, deb qo’ydi. Munisa, “Allohning qoidalari bor, bu qoidalar esa bajarish kerak bo’lgan buyruqlar hisoblanadi, o’shandagi birovning aybini ochmaslikmi, g’iybatini qilmaslikmi, namoz o’qishlikmi, hamma-hammasi bizning bajarishimiz kerak bo’lgan buyruq hisoblanadi, shunda ishlab turgan korxonamiz boshlig’i ham bizdan a’lo bajarilgan vazifa uchun hursand bo’lgandaka va o’qituvchimiz a’lo bajarilgan uyga vazifa uchun a’lo baho qo’ygandaka, Alloh ham bizdan hursand bo’ladi va a’lo baho beradi va bu keyingi darajaga o’tishga imkon bo’ladi”. Munisa gapini tugatgandan so’ng, Nafosat biroz o’ylanib qoldi va Munisa ketishi kerakligini aytganida o’ziga keldi va u ham hazil qilib qo’ydi, “Munisa sen katta aqlli qiz ekansan, demak vaqti bo’lib qolibdi, nimani deysanmi, mening katta va aqlli akamga turmushga chiqishga”, degan edi, endi bu safar Munisa uyalib, bore, deb ketib qoldi.
Nafosat uyiga bordi va dars qiladigan stolida o’tirib, o’ylashga tushib ketdi. Boya maktab bitiruvida hazil-huzul qilgan bo’lsa ham, hozir jiddiy tarzda o’ylab o’tirardi. O’zini Munisadan ancha pog’ona pasda ko’rardi. O’ziga-o’zi savol berardi, nahot shuncha yillar shunaqa haqiqatni bilmaganman, bilmaganim mayli, lekin nega bilishga qiziqmaganman, deya yana savol berardi. Shuning uchunam o’zini ancha pog’ona pasda ko’rardi. O’rnidan turdi, kitobni olmoqchi edi, lekin honasida kitob yo’q edi. Qo’liga telefonni oldi va internetdan elektron kitobni yuklab oldi. Old tomonida, “Namoz o’qish shartlari” deb yozilgan edi. Kitobni birinchi betini ochgan edi, ichidan go’yo pog’onada bitta tepaga ko’tarilgandaka va tepaga harakat qilayotgandaka tuyg’u paydo bo’ldi. Ko’zda intilish, qalbda olov bilan kitobni o’qiy boshladi.