Читать книгу LaTeX ga kirish. Darslik - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 15

3. Hujjat stili
3.4. Xatoliklarni kuzatish

Оглавление

Agar hujjatni tayyorlashda xatolikga yo‘l qo‘yilsa bu xaqida kompanovshik xato xabarini beradi. Tizim xatoliklarni kuzatilgan qator, xatolik sababini ko’rsatadi

Misol:


Rasm 3.1. Kuzatilgan xatoliklarni tizimda ifodalanishi.


E’tibor qarating, kuzatilgan xatolik va uni joylashish qatorini kompanovshik kompanovkani borishini ko‘rsatib turuvchi maydonda qizil rangdagi yozuvlar bilan ko‘rsatadi. Bu yerda xatolik turi ham ko‘rsatiladi. Xatolikni bartaraf etilib qayta kompanovka qilinsa kompilyator xatolikni ko‘rsatmaydi:


Rasm 3.2. Kuzatilgan xatolik to’g’irlangan holat.


Ko‘rinib turibdiki, hujjat tayyorlashda xatolik yo‘q.

Nazorat savollari

1. Hujjatda xatoliklar borligi qanday aniqlanadi?

2. Kompanovka nima?

3. Hujjatdagi xatoliklar nimadan iborat ekanligi qanday aniqlaniladi?

4. Otladka deyilganda nimani tushinasiz?

Topshiriqlar

1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matniga o’zgartirishlar kiritib kompanovka qilish jarayonini kuzating.

2. Kiritilgan matindagi \begin {document} buyrugida “\” simvolini tushirib qoldirib kompanovka jarayonini kuzting. Kuzatilgan xatolikni tahlil eting.

3. Kuzatilgan xatoliklarni bartaraf etish ketma ketligini taxlil eting.

4. Kompanovka jarayonini kuzatish maydonini ekrandan olib tashlash va qayta tiklashni bajarib ko’ring.

5. Internetda matn muharriri tavsifini toping

6. Notepad ++. Uni rasmiy veb-saytidan yuklab oling va shaxsiy kompyuteringizga o’rnating.

7. Notepad ++ va oddiy dastur imkoniyatlarini solishtiring

LaTeX ga kirish. Darslik

Подняться наверх