Читать книгу LaTeX ga kirish. Darslik - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 17
4-Mavzu. Hujjatlarni formatlash
4.1.Abzaslar (xatboshlar)
ОглавлениеTeX da abzas xosil qilish uchun maxsus harakat qilishingiz shart emas, faqat paragraf ohirida matnni ko‘rsatuvchi manba matnda bo‘sh satr qoldirish yetarli. Ushbu bo‘limda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan «favqulodda vaziyatlar» ni muhokama qilamiz. TЕX tizimi ushbu holatlarga javob berishning ko‘plab usullarini beradi; ularning ba’zilari barcha foydalanuvchilar uchun muhim, lekin ularning ko‘plari – faqat nashriyot mutaxassislariga zarur.
Misol, \parindent buyrug’i TeX da abzas boshidagi bo‘sh joy (chetlashish) o‘lchamni o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Odatda abzas boshida qoldiriladigan bo‘sh joy tizimni sozlash davrida belgilanadi. Foydalanuvchi zaruriy xolda o‘zi ushbu buyruq orqali boshqarishi mumkin. Buyruq «sm» larda belgilash imkoniyatini beradi. Misol uchun quyidagini ko‘raylik:
\parindent=2cm
4.1.1.Abzas ko‘rsatilamgan xolatda
Misol:
\documentclass [12pt] {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
Бу ерда \quad 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em
Қўшимча яна озгина.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: abzas boshidagi qoldirishlar oldindan belgilagan (yangi buyruq xali qo‘llanilgani yo‘q).
4.1.2.Abzas buyruq yordamida belgilanganda (\parindent orqali)
\begin {document}
\parindent=5cm
Бу ерда \quad 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em оралиқ.\\
Бу ерда \quad {} 1em
Қўшимча яна озгина.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: Chetlanish komandasi ko‘rsatilgan «5 sm» ga o‘zgardi.
(O‘zgartirish faqat ko‘rsatilgan gruppaga ta’sir ko‘rsatadi. Gruppadan keyin yana eski tizimda belgilangan xolat tiklanadi)