Читать книгу LaTeX ga kirish. Darslik - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 4

1. «LATEX ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari

Оглавление

1.1. LaTeX dan foydalanish asoslari

LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth). U bu tizimni matematika yo‘nalishidagi ilmiy maqolalarni oson kompyuterga kiritish maqsadida o‘tgan asrni 70 yillarida yaratgan. U yaratgan tizim TeX deb atalgan. Kunt tizim tilini yaratishdan tashqari u uchun translyator dasturini ham yozgan. Yaratilgan tizimda tayyorlangan matnli informatsiyalar ko‘rinishi ixtiyoriy konfiguratsiyadagi kompyuterga kiritilganda ham o‘zgarishsiz qolgan. Keyinchalik tizimni makro birlashmalarga aylantirilgan va xozirgi xolatga yetib kelgan. Biz foydalanayotgan LaTeX tizimini Lesli Lemport (Leslie Lamport) tomonidan tashkil etilgan.

Xozirda LaTeX bilan birgalikda PlainTEX, AMS-TEX kabi ilovalar ham keng foydalanilmoqda. PlainTEX – asosan murakkab matnlarni qayta ishlash va boshqa ilovalarga matnlarni o‘tkazishni yengillashtiruvchi ilova sifatida qo‘llaniladi. U ham Donald Knut tomonidan yaratilgan.

LaTeX paketi yordamida turli ko’rinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili ro’yxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qo’shimcha paketlar ham bor bo’lib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli ko’rinishga keladi.

Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX2 deb nomlangan bo’lib, 1994-yilda yaratilgan.

Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *. tex kengaytmaga ega bo’ladi. Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, Maple, Mathematica, Maxima yoki Reduce kabi amaliy paketlarda yaratilgan hujjatni *. tex formatga o’tkazish imkoniyati mavjud.

Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida yuklab olish mumkin bo’lgan imkoniyatlari keltirilgan:

· Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish;

· Xatboshi, so’zlar orasidagi bo’sh joylarni avtomatik aniqlash;

Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish;

· Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar bog’lanishlarni tasvirlash;

· Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash;

· Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash;

· Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash;

· va hokazo.

Bir so‘z bilan aytganda TeX tizimi matnlarni kitoblarda qanday ko‘rinishda chop etilishi kerak bo‘lsa shu ko‘rinishda kuzatish va yuqori poligrafik sifatga erishish uchun qo‘llaniladi.

Tizimni yutuq va kamchiliklari umumlashtirilgan holda quyidagicha keltirish mumkin:

– Bu tizimda tayyorlangan matn boshqa bir kompyuter yoki boshqa operatsion tizim, redaktorga o‘tkazilganda shaklini o‘zgarishsiz saqlaydi;

– Tayorlangan matnni shrift, mavzular, tematikalar (oglavleniye), bo‘limlarni nomerlash tashqaridan, ya’ni matn ichiga kirmasdan buyruq asosida bajarilishini tashkil etadi;

– Abzaslarni sozlash va matematik formulalarni kiritishni yuqori darajada amalga oshirish imkoniyatini beradi;

– Tayorlangan matnli informatsiyani qabul qilish va qayta ishlash uchun bir tizimdagi kompyuter tanlash shart emas, matnni ixtiyoriy turdagi printerda o‘zgarishsiz chop etilishi ta’minlaydi.

Tizimda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

– Matnni qayta ishlashda kundalik foydalanilayotgan matn redaktorlari singari matn ko‘rinishini bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas;

– Matn ko‘rinishini tubdan o‘zgartirish uchun matn strukturasini qayta ko‘rib chiqish zarur.

– Matnga jadval, grafik yoki tasvirni joylashtirish uchun maxsus buyruqlarga murojat qilish zarur bo‘ladi.

Nazorat savollari

1. LaTeX ni kim ishlab chiqqan?

2. LaTeX va Tex o‘rtasidagi farq nima?

3. Qanday Tex ilovalari ishlab chiqilgan?

4. Tex nima uchun ishlatiladi?

5. Ushbu tizimni o‘rganishdan maqsadi nima?

Topshiriqlar

1. Internet tarmogidan foydalanib xozirda mavjud bo’lgan matn redaktorlarini aniqlang va ularni imkoniyatlarini tahlil eting.

Ilmiy texnik matnlarni chop etishga yo’naltirilgan amaliy dasturlarni tahlil qiling va eng optimal imkoniyatga ega bo’lganlarini nomlarini keltiring.

1.2. Kompyuterga LaTeX ni o‘rnatish

LaTeX tizimi quyidagi dasturlar yig‘indisi ko‘rinishida faoliyat yuritadi:

– kompilyator (MikTeX);

– matn redaktori (TeXMaker);

– tayyorlangan matnni ekranga chiqarish dasturi (SumatraPDF).

Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, TeXMaker va SumatraPDF dasturlari o‘rniga boshqa dasturlardan ham foydalanish mumkin. Boshqa dasturlani internet orqali olish, ularni o‘rnatish va sozlash tizimlari bo‘yicha instruksiyalar bilan tanishish mumkin. Faqat biz kundalik faoliyatda keng foydalaniayotgan dasturlar tizimiga to‘xtalmoqchimiz.

Dasurlarni quyidagi internet manzillaridan bepul yuklab olish mumkin:

• a. MikTeX: http://miktex.org/download;

• b. TeXMaker:

http://www.xm1math.net/texmaker/download.html#windows;

• c. SumatraPDF: http://www.sumatrapdfreader.org/download-free-pdf-viewer-ru.html.

Bu yerda shuni aloxida e’tiborga olish lozimki, tanlangan dasturlar versiyasi o‘rnatilmoqchi bo‘lingan kompyuter razryadiga mos bo‘lishi kerak.

Kompanovkachi MikTeX ni 2.9 versiyasi 32 bit razryadli kompyuterga o‘rnasa, 20.6 versiyasi 64 bit razryadli kompyuterga mos bo‘ladi. Xuddi shuning singari TeXMaker va SumatraPDF dasturlari uchun ham kompyuter razryadiga mos versiyalari tanlanadi.

Kompyuterga dasturlar yuklab olingandan keyin, sanab o‘tilgan ketma ketlikda o‘rnatiladi. O‘rnatish jarayonida foydalanuvchi «Admin» statusida bo‘lishi kerak.

Xar bir o‘rnatilgan dasturni to‘g‘ri o‘rnaganligini sinab ko‘rish uchun uni operatsion tizim «pusk» knopkasidan o‘rnatilagan dasturni ishga tushirish faylini topib ishga tushirish kerak.

MikTeX dasturini (asosiy kompanovshik dastur) ishga tushirish uchun quyidagi dastur ishga tushiriladi:


Rasm 1.1. MikTeX dasturini «Admin» statusida ishga tushirish.


MikTeX dasturini kompyuterga to‘la o‘rnaganligini quyidagi ekranni chiqishi tasdiqlaydi:


Rasm 1.2. MikTeX dasturini yuklanganligini ko’rsatuvchi oyna.


TeXMaker dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:


Rasm 1.3. TeXMaker dasturini ishga tushirish.


Ekranda quyidagi interfeys xosil bo‘ladi:


Rasm 1.4. TeXMaker dasturini ekran interfeysi.


SumatraPDF dasturini o’rnatilganini tekshirish uchun ishga tushirish quyidagicha:


Rasm 1.5. SumatraPDF dasturini yuklash.


Ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:


Rasm 1.6. SumatraPDF dasturini yuklanganligini ko’rsatuvchi oyna.

Nazorat savollari

1. LaTeX funksiyasini aytib bering

2. Matnni qayta ishlash tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

3. O‘rnatish uchun qanday tayyorgarlik ko‘riladi?

4. O‘rnatish ketma-ketliklarini ta’riflang

5. Miktex versiyalarini qanday tanlanadi?

Topshiriqlar

1. MikTeX dasturini versiyalarini internet tarmogidan yuklab oling va ularni taxlil qiling.

2. Siz foydalanayotgan kompyuter texnik xarakteristikasidan kelib chiqib mos MikTeX versiyasini o’rnating.

3. MikTeX dasturini ishga tushirib to’g’ri o’rnaganligini tekshirib ko’ring.

4. SumatraPDF dasturini internet tarmog’idan yuklab olib kompyuterga o’rnating.

LaTeX ga kirish. Darslik

Подняться наверх