Читать книгу LaTeX ga kirish. Darslik - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 8
2. Hujjat strukturasi
2.3. Matnlarni qayta ishlash
Оглавление2.3.1. Ishlanmani xajmini boshqarish
Ishlanmani xajmini ortib ketishini oldini olish maqsadida jujjatni tayyorlashda kiritilayotgan o‘zgarishnigina ko‘rsatib o‘tamiz. Hujjatni o‘zgarishsiz qolgan boshlang‘ich qismini matnda ko‘rsatib o‘tmaymiz. O‘zgarish asosan matn terish doirasida amalga oshiriladi. Hujjatga quyidagi matn va buyruqlarni kiritamiz:
\begin {document}
Мехнат унимдорлиги
7\% га ортди, ва битта натижа учун
куйдаги берилмоқда \$200.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating, simvol «\» matn tarkibida belgini (simvolni) ko‘rsatib turuvchi buyrug’i sifatida ishtirok etmoqda. Agar bu buyruq qo‘yilmasa «%» kommentariya, «$» formulani belgilash buyruqlari sifatida qabul qilinar edi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% shrifni ko’chirissiz qo’shish
\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish
\begin {document}
Бу % акиллий эмас
% зур: олишга тайёр
мисол.
Кадим замонларда бир кампир кулранг
%
Эчки билан яшаган.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
% belgisi qo‘yilgan satrlar chop etilmadi. Chunki ularni belgi komentariya ekanligini belgiladi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% shriftni ko’chirishsiz qo’shish
\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish
\begin {document}
Бу % қиласиз
% Зўр: ўрганадиган
мисол.
Бор экан, йўқ экан бир кампирни
кулранг%
роқ эчкиси бор экан.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: simvol «%» o‘zidan keyingi matnlarni va probellarni qator oxirigacha kommentariya sifatida belgilaydi. Bu esa matn chop etilishida ishtirok etmasligini ta’minlaydi
Nazorat savollari
1. \documentclass {article} vazifasi nima?
2. \usepackage qanday buyruq?
3. Hujjatda \begin {document} nimani ko’rsatadi?
4. «%» simvol nima uchun qo’llaniladi?
Topshiriqlar
1. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib natija oling.
2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatiga komentariya kiritishi o’rganing.
3. «Karimjon supermarketga kirdi va quydagilarni harid qildi: 2 kg olma, 3 kg kartoshka, 1 kg guruch» matnini kiritib mahsulotlar alohida alohida qatorlarda yozilishini tashkil eting.
4. Uchinchi topshiriqdagi matn tarkibiga komentariya kiritilishini tashkil eting.
2.3.2. Matn tarkibida simvollarni chop etilishini tashkil etish
Misol: Hujjatda quyidagi o‘zgarishni amalga oshiramiz.
\begin {document}
Қуйдагиларда нимада фарқ?
\$1 и \$ 1?
\end {document} Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
«$1 и $ 1?»
E’tibor qarating: «\» simvol buyruq ushbu xolatda simvolni probel e’tiborga olgan xolatda chop etishni tashkil etmoqda.
2.3.3. \slshape buyrug’i
Misol:
\begin {document}
\slshape Каримжон буйи кичик
\slshape ва жуда камгап
уни тарбиялаш керак.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: \slshape buyrug’i o‘zidan keyingi simvollarga ta’sir ko‘rsatadi. U satirlar almashishini e’tiborga olmaydi va ta’sirini keyingi buyrug’igacha saqlaydi.
2.3.4. Probel qo‘yish buyrug’i
Matn tarkibida probel qo‘shish uchun {} simvollini qo‘yish yetarli. Bu buyruq nixoyasi deb tushinilib, probel qo‘shiladi. Matnlar bir biriga qo‘shilib ketmaydi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ўрганиш \LaTeX\ ни осонроқ,
\TeX га нисбатан. Инсон,
Қайсики
\TeX {} тизимни билса ва уни севса, уни
\TeX чи деб аташ мумкин.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: simvol {} probel qoldirish imkonini berdi (matn qo‘shilib ketmadi).Qayerda simvol {} qo‘yilmagan bo‘lsa matnlar qo‘shilib ketdi.
Nazorat savollari
1. So‘zlar oralig‘ini qanday boshqarish mumkin?
2. Bo‘sh joylarni boshqarish buyruqlarini tushirtiring.
3. LaTeX da paragraf qanday tashkil yetilgan?
4. Kegel nimani bildiradi?
5. So‘zning uzatilishini qanday nazorat qilish mumkin?
Topshiriqlar
1. «Salimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi va „5“ baxolar oldi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib simvolni chop etish texnologiyasidan foydalaning.2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» so’zlarini boshqa shrifda chop etilishini tashkil eting.3. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» so’zlarini oldi tomonida 5 tadan probel qoldirishni tashkil etib chop etilishini tashkil eting.
2.3.5. Buyruqlarni ta’sir doirasini belgilash
Buyruq ta’sir doirasini belgilash uchun «gruppa» tushinchasi kiritilgan. U yordamida matn tarkibidagi buyruq ta’sir zonasi belgilanadi. Hozir gruppa kiritilmagan xoldagi misolni ko‘ramiz:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ярим қора бошланади
\bfseries сўз билан.
Яна \mdseries ўз холида,
хозир \slshape қияланган,
янги ўзгартирилгинча;
яна \upshape тўғри.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating:
1. buyruq \bfseries matn shriftini qalin shriftga o‘tkazadi, buyruq \mdseries qalin shriftni bekor qiladi.
2. buyruq \slshape matn shriftini qiya shriftga o‘tkazadi, buyruq
\upshape qiya shriftni bekor qiladi.
Gruppani qo‘llanishi hujjatda matnlar sonini qaytiradi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ярим қорайтирилган шрифт терилган
фақат {\bfseries бу}
сўз; қавсдан кейин хаммаси
олдингидек кетади.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Yarim qoraytirilgan shrift bilan faqat «бу» so‘zi yozilib, undan keyingilari joriy shrif bilan yozilgan.
E’tibor qarating, bu holatda {\bfseries (Yarim qoraytirilgan shrift) bu} faqat « бу» so‘ziga ta’sir etadi. Figurali qavs buyruqni ta’sir doirasini belgilaydi. U hech qanday matnga qo‘shilmaydi, faqat buyruq ta’sir doirasini ko‘rsatadi.
Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Бошида {ширифни ўтказамиз
\itshape курсивга;
Кейин шрифни яна
ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}
кўринг, қандай тикланади
} шрифт
охирида кон {ца г} руппани.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating, oldin shriftni kursiv shriftga o‘tkazamiz, keyin shriftni yana qalin shiriftga o‘tkazamiz. Keyin shriftni joriy holatga qaytaramiz. Gruppada faqat «yarim qoraytirilgan;» so‘zi ko‘rsatilgan, shuning uchun faqat «yarim qoraytirilgan;» so‘zigina qalin shrift bilan almashtirilgan.
Nazorat savollari
1. \bfseries buyrug’i vazifasi nima?
2. \mdseries buyrug’i vazifasi nima?
3. \slshape buyrug’i vazifasi nima?
4. \upshape buyrug’i vazifasi nima?
Topshiriqlar
1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini tarkibidan «jadal» so’zini shriftini gruppalash asosida o’zgarishini tashkil etish hujjatini tashkil etib natijani tekshirib ko’ring.2. Tashkil etilgan hujattni gruppalangan so’zni shriftini qayta o’zgartirish hujjatini tashkil eting.3. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini to’laligicha gruppalab shriftini o’zgartirish hujjatini tashkil eting.4. Har bir topshiriqni bajarilish natijasini taqqoslang va taxlil etib gruppalash ishtirok etgan yangi matn tashkil etish hujjatini tashkil eting.
2.3.6. Argumentli buyruqlar
Yuqorida ko‘rib o‘tilgandek, LaTeX buyruqlari argumentli yoki argumentsiz bo‘ladi.
Argumentlar majburiy va majuburiy emas turlariga bo‘linadi. Majburiy (ko‘rsatilishi shart) argumentlar figurali qavs ichida ko‘rsatiladi, agar buyruq majburiy argumentli bo‘lsa. Uni ko‘rsatish shart. Aks xolda tizim xatolik ko‘rsatadi. Majburiy bo‘lmagan argumengtalar buyruqni qo‘shimcha parametrlarini belgilaydi. Ularni tushirib qoldirilsa tizim xatolik ko‘rsatmaydi. Buyruq tizimda belgilangan parametr bo‘yicha (po umalchaniye) ish olib boradi. Majburiy bo‘lmagan argument kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Bir nechta argument bitta qavs ichida ko‘rsatilishi mumkin.
Misol uchun, yuqorida ko‘rsatilgandek \documentclass buyrug’ida umumiy ko‘rinishida majburiy va majburiy bo‘lmagan argumentlar ko‘rsatilgan. Biz buyruqda argumentlar bitta qavs ichida vergul bilan ajratilib, bir nechta bo‘lishi mumkin.
Aytaylik 10 o‘rniga 12 kegl kitob betda ikkita kolonka bilan chop etilishini talab etilsin. Bu topshiriqni bajarilishini tashki etish uchun hujjat sinfini belgilovchi buyruqni quyidagicha yozamiz:
\documentclass [12pt, twocolumn] {book}
Umumiy hujjat matni quyidagicha bo‘ladi:
\documentclass [12pt, twocolumn] {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% shriftni ko’chirishsiz qo’shish
\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish
\begin {document}
Олдин {шрифтни ўтказамиз
\itshape курсив;
Кейин шрифтни яна ўзгартирамиз
ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}
кузатинг, қандай тикланишини
} шрифт
кейин охири {да г} руппа.
Олдинги холатда бўлади.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating, programma matnni 12 kegl shrift bilan betda ikkita kolonka qilib chiqarmoqda (ikkinchi kolonka joyi turibdi).
Nazorat savollari
1. 12 kegl nimani anglatadi?
2. Buyruq argumenti qanday bo’lishi mumkin?
3. Majburiy argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?
4. Majburiy bo’lmagan argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?
Topshiriqlar
1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini shrift o’lchamlarini o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.
2. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli va o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil eting.
3. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni gruppalashdan foydalanib tashkil eting.
4. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil etishda probellarni boshqarish mexanizimini o’rganing.