Читать книгу LaTeX ga kirish. Darslik - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 23

5. Xoshiyalar (polyalar), sahifa hajmi va boshqalar

Оглавление

LaTeX hujjatlar sinfi sahifa kengligi va balandligi, chekka joylar va boshqalar kabi parametrlarning qiymatlarini oldindan belgilaydi (qog‘oz o‘lchamini belgilaydigan variantni hisobga olgan holda).Конец формы

5.1. Kengligi

Sahifadagi matnning kengligi \textwidth buyrug’i parametri bilan o‘rnatiladi; agar ikkita ustunda yozilsa, u holda \textwidth ikkala ustunning kengligi va ular orasidagi bo‘shliqni o‘z ichiga oladi. Agar siz xohlasangiz kenglikni sahifadagi matn santimetr uzunlikda belgilashingiz mumkin, u preambulmda shunday yoziladi:

\textwidth = 7 см

Matnning kengligini o‘zgartirganda, ko‘pincha chekkalarni o‘zgartirishingiz kerak. Chap chekka va \textwidth belgilanadi, o‘ng chekka avtomatik ravishda aniqlanadi. Chap hoshiya qanday belgilanishi uslublar to‘plami «ikki tomonlama» yoki «bir tomonlama» chop etish bor yo‘qligiga bog‘liq. Ikki tomonlama chop etishda toq va juft sonli sahifalarda chekkalarni turlicha qoldiradi. article va report hujjatlari sinflarida to‘plam sukut bo‘yicha bir tomonlama bo‘ladi, lekin agar siz ikki tomonlama uslubni belgilasangiz, u ikki tomonlama bo‘ladi. book klassi sukut bo‘yicha ikki tomonlama, lekin siz uni bir tomonlama uslub variantini belgilash orqali uni bir tomonlama qilishingiz mumkin.

Bir tomonlama yozish uchun chap chegaraning qiymati \oddsidemargin parametri bilan belgilanadi. Bunday holda, maydon eng chekkasidan hisoblanmaydi. Saxifa bir dyumli dastlabki qoldirishdan boshlanadi.

Shunday qilib, agar siz quyidagicha yozsangiz:

Конец формы

\oddsidemargin=0pt

matn chetidan bir dyuymdan boshlanadi va agar yozilsa:

\oddsidemargin=5mm

matn chetidan bir dyuym qog‘oz chetidan 30,4 dan boshlanadi (bir dyuym 2,54 ga teng ekanligini unutmang). \oddsidemargin parametrini manfiy qilib qo‘ysangiz, varaqning chetidan matn boshigacha bo‘lgan masofa tegishlicha dyumdan kam bo‘ladi. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, uzunlik qiymati bo‘lgan parametrga nol qiymatni belgilaganingizda, birliklar ham ko‘rsatilishi kerak (bizning misolimizda bo‘lgani kabi); shunga o‘xshash yozuvdan boshlanadi va agar yozilsa:

\oddsidemargin=0

хатолик беради.

5.2. Balandligi

Yuqori xoshiya bilan yuqori kolontitul orasidagi kattalik \topmargin parametri bilan o‘rnatiladi (uslub bilan ta’minlangan). Sahifaning yuqori qismida qo‘shimcha ravishda bo‘sh joy bo‘ladi, uning kattaligi sarlavha uchun ajratilgan maydonga teng. \headheight parametri kolontitul kengligini belgilaydi. Matn balandligi \textheight parametri bilan o‘rnatiladi. Ushbu o‘lchamni hisoblashda na sahifa raqamlari, na yuqori va kolontitullar hisoblanmaydi, sinf tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, sahifadagi matnning to‘liq balandligi \textheight dan katta bo‘ladi.

Nazorat savollari

1. \textwidth vazifasi nima?

2. \textwidth buyrug’ini umumiy ko’rinishini ifodalang.

3. \oddsidemargin buyrug’i vazifasi nima?

4. \topmargin buyrug’i vazifasi nima?

Topshiriqlar

1. Ixtiyoriy bir betlik matnni kiritib chap, o’ng, yuqori va pastki hoshiyalarini turli qiymatlarga o’zgartirib, chop etishga hujjat tashkil eting. Xar bir o’zgarishni sinab ko’ring.

5.3. Sahifani bir butun sifatida almashtirish

Sahifani bir butun sifatida almshtirish chop etish natijalariga qarab boshqarish uchun zarur. Haqiqiy masofalar matnni bosib chiqarganingizda aniqlanishi mumkin. Matndan varaqning chetiga qadar \topmargin kabi parametrlar bilan belgilanadigan kabi bir xil emas. Gap shundaki, siz foydalanayotgan printerda qog‘oz varag‘ining chekkasi qayerda ekanligi to‘g‘risida turli xil fikrlar bo‘lishi mumkin. Ushbu namoyishlar haqiqatga mos kelishi uchun siz chop etish uchun foydalanadigan printerni dvi-drayverni sozlashingiz kerak bo‘ladi. Agar buni amalga oshirishni xohlamasangiz, bosilgan varaqdagi butun sahifaning o‘rnini butunlay o‘zgartirishingiz mumkin. Buning uchun (preambulada) ikkita TEX buyruqlari \hoffset va \voffset parametrlarining qiymatlarini o‘rnatiladi. Masalan, agar preambulada quyidagilar keltirilgan bo‘lsa: alshtirish

\hoffset=-5mm

\voffset=4.2mm

keyin butun sahifani butunlay (barcha sarlavhalar va kolontitullar bilan, sahifa raqamlari bilan va hokazo) bosib chiqarishda 5 chapga, 4.2 pastga siljiydi.


Rasm 5. Sahifa strukturasi.

Nazorat savollari

1. \hoffset buyrug’i vazifasi nima?

2. \voffset buyrug’i vazifasi nima?

3. Keltirilgan buyruqlar umumiy ko’rinishini ko’rsating.

4. Hujjatni shakillanishida zarur bo’lgan buyruqlarni sanang.

Topshiriqlar

1. Ixtiyoriy bir betlik matnni kiritib \hoffset, \voffset buyruqlari asosida chapga va pastkga surishni turli qiymatlarga o’zgartirib, chop etishga hujjat tashkil eting. Xar bir o’zgarishni sinab ko’ring.

5.6. Hujjatlarni tartiblash

LATEX bilan ishlashda sarlavhalar va bo‘limlarni raqamlash maqsadga muvofiqdir. Hujjatni raqamlash, qo‘lda emas, balki maxsus buyruqlar yordamida. Dastlab, misol sifatida \section buyrug‘idan foydalanib, ulardan qanday natija olishni ko‘rib chiqamiz.

5.6.1. \section buyrug’i

Siz hujjatning sarlavhali qismini boshlashingiz kerak deylik « Кое-что о слонах». Buning uchun buyruq quyidagicha yozilishi mumkin:

\section {Fillar to’g’irisida…}

\section buyrug‘i bitta majburiy argumenti bor – bo‘lim nomi (xuddi shu kolontitullar, agar siz «yaratish» buyrug‘ini bersangiz). Bo‘limlar orasidagi bo‘shliqlar, ularning raqamlanishi, bir xil sarlavhalar va kolontitullar – bularning barchasi avtomatik ravishda amalga oshiriladi. \section buyrug’i majburiy argumentdan tashqari, majburiy bo‘lmagan argumenti ham bor.

Majburiy bo‘lmagan argument majburiy argumentdan oldin keladi, u to‘ldiruvchi bo‘lib, sarlavxani qisqartirilgan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.

Misol:

\section [Fill mavzusi] {Fillar to’g’irisida…}

Sarlavhaning qisqartirilgan versiyasiga ehtiyoj qachon paydo bo‘ladi,

qachonki sarlavha uzunligi kolontitulga mos kelmaydi. U ko‘rinib turadi. Quyidagi yozuv (xabar) ko‘rsatib turadi:

Overfull \hbox has occurred while \output was active.

Bo‘limni \label buyrug’i bilan belgilash mumkin. Undan keyin \ref buyrug’i bo‘lim nomerini beradi. Misol:

\documentclass [12pt] {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

\section {Нималар филлар тўғрисида}

\label {elephants}

Бизни китобни ушбу бўлимида

Асосан филлар тўғрисида сўз боради.

Филлар (бўлим аниқловчисига

қаранг.~\ref {elephants}) ~ – —

улкан ва кучли хайвон.

\end {document}

Hujjat kompanovka qilingandan keyin ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:


5.6.2. Hujjatni taxrirlash

Endi standart LATEX sinflari tomonidan taqdim etilgan hujjat bo‘limlarini belgilash bo‘yicha barcha buyruqlarni sanab o‘tamiz. Ularning aksariyati aynan \section buyrug‘i kabi ishlaydi. Bo‘limlarni taxrirlash uchun quyidagi buyruqlar mavjud:

\part (\ qism), \chapter (\ bo’lim), \section (\ qism), \subsection (\ kichik bo’lim), \subsubsection (\ kichik qism), \paragraph (\ paragraf), \subparagraph (\ kichik paragraf)

Ushbu ro‘yxatda har bir keyingi buyruq avvalgisiga nisbatan kichikroq bo‘limni belgilaydi. \chapter buyrug‘i proc va article sinflarida aniqlanmaganligiga e’tibor bering (ushbu holat tufayli maqola osongina kitob bobiga aylantirilishi mumkin), qolgan buyruqlar to‘rtta asosiy sinfda aniqlangan.



Ushbu jadval tushuntirishlarni talab qilmaydi, faqat bitta istisno: agar hujjat sinfi article yoki proc bo‘lsa, unda ro‘yxatning ruscha nomini olish uchun ma’lumotnomalarni, siz \refname buyrug‘ini o‘zgartirishingiz kerak, agar report yoki book – keyin \bibname buyrug‘iga. Ushbu ikkita holatni chalkashtirmang, aks holda LaTeX xatoni aniqlaydi va sizning buyrug‘ingizni bajarishni rad etadi.


Nazorat savollari

1. \section buyrug’i vazifasi nima?

2. \section buyrug’i argumentini tushintiring.

3. \label buyrug’i vazifasi nima?

4. \section buyrug’i majburiy bo’lmagan argumentini tushintiring.

Topshiriqlar

1. Ixtiyoriy uch betlik matnni kiritib matnda bo’limlar tashkil etish buyriqlari yordamida bob, kichik bob, paragraf, paragraf punkit osti ko’rinisidagi sarlavxalarni o’zgartirib, chop etishga hujjat tashkil eting. Xar bir o’zgarishni sinab ko’ring.

2. Kiritilgan matindagi sarlavhalar shriftini o’zgartirib chop etish hujjatini tashkil eting.

3. Kiritilgan matnni turli o’lchamdagi qogozlarda chop etish uchun matn chet chegaralarini o’zgartirib hujjatlar tashkil eting va sinab ko’ring.

4. Kiritilgan matnni abzaslarini tashkil eting.

LaTeX ga kirish. Darslik

Подняться наверх