Читать книгу LaTeX ga kirish. Darslik - Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov - Страница 3
Kirish
ОглавлениеRespublikada ta’lim sohasidagi islohotlar olib borilayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo’nalishlaridan biri ekanligini ko’rsatadi. Erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash kabi pirovard maqsadlarga ta’lim sohasini tubdan o’zgartirmasdan va zamonaviy asosda qayta qurmasdan turib erishib bo’lmaydi. Oliy o’quv yurtlarida tayorlanayotgan kelajak kadlarini zamon talablari asosida tayorlash mamlakatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shlishida muxim omil bo’lib qolmoqda. Kelajak kadrlarini sifati, imkoniyatlari mutaxassislik fanlari tarkibiga bogliq. Shuning uchun o’quv reja tarkibiga fanlarni kiritishda fanni mutaxassisligidan kelib chiqilishi, uni zamon talabidan belgilanishi zarur. Har bir fan tarkibi soxani kelajakdagi yo’nalishiga mos bo’lish, mutaxasisni kelajakka tayorlab borish kerak. «LaTeX ga kirish» fani ham axborot kommunikatsiyalari soxasi mutaxasislariga ilmiy – matematik matnli informasiyalarni qayta ishlash, ifodalash va chop etishga tayorlash masalalarini yechishga tayorlashga qaratilgan. Fan «Axborot kommunikatsiyasi sohasida kasbiy ta’lim» bakalavr ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Lekin «LaTeX ga kirish» fani bo’yicha o’zbek tilida adabiyot mavjud emas. Shuning uchun fandan darslik tayorlanishi dolzarbdir.
Darslikni tayyorlashda ingiliz va rus tilida chop etilgan adabyotlardan foydalanildi. Asosiy adabiyot sifatida. 2003 yilda chop etilgan «С. М. Львовский, Набор и вёрстка в системе L A T E X ” qo’llanmasi olindi.
LaTeX tizimi matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishida maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinishda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.
Darslikni asosiy maqsadi, tizimni o’rganuvchilarga maksimal sharoit yaratish maqsadida har bir mavzu aniq misollar bilan tushintirishga yo’naltirish bo’ldi. Misollar foydalanishga tayyor bo’lib, har biri kompanovka qilinib, olingan natijalar keltirilgan. O’rganuvch keltirilgan misollarni LaTeX tizimiga kiritib, natija olishi va o’zgarishlar kiritib tizim buyruqlarini misollar asosida amaliy o’zlashtirish imkoniyatiga ega.